Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:04

O‘zbekistonda Skype to‘ylar urf bo‘lmoqda


O‘zbekiston tashqarisida yashab-ishlayotgan minglab o‘zbeklarning vatandagi to‘y-hashamlarda Skype vositasida qatnashayotgani tobora ko‘proq ko‘zga tashlanmoqda.

O‘z uyidan minglab kilometr uzoqdagi ota O‘zbekistonda qolib ketgan va turmushga uzatilayotgan qiziga Skype orqali oq fotiha bermoqda.

Koreyada ishlayotgan o‘g‘il O‘zbekistondagi otasining tavallud kechasida katta ekrandan turib Skype teleko‘prigi orqali tabrik so‘zi aytmoqda.

Rossiyadagi jiyan O‘zbekistondagi tog‘aning janoza marosimini monitordan kuzatmoqda.

Ayni paytda O‘zbekiston ichkarisidagi qarindoshlar ham Rossiya¸ Koreya va Amerikadagi yaqinlari o‘tkazayotgan to‘ylarda Skype orqali ishtirok etmoqda.

Qarindoshlar o‘rtasidagi olis masofani ko‘ngil qadar yaqin qilgan yangi Internet texnologiyalar haqida gapirgan 32 yasharlik huquqshunos Boymurod Majidov 8 yildan beri Sankt-Peterburgda yashaydi.

Sankt-Peterburgdagi qariyb millionga yetib qolgan o‘zbeklar jamoasi o‘tkazayotgan to‘ylarni Skype orqali O‘zbekistonga translyatsiya qilish amaliyoti keyingi bir yilda keng tarqaldi¸ deydi Boymurod Majidov:

- Bilasiz¸ yo‘l xarajati qimmat. Masalan¸ Sankt-Peterburgdagi bir o‘zbek oilasi o‘g‘liga sunnat to‘y qilib bersa¸ O‘zbekistondan mehmon chaqirishning o‘zi bo‘lmaydi. Shuning uchun to‘yni O‘zbekistonda turib Skype orqali tomosha qilishmoqda. O‘zbekistondagi qarindoshlar tasvirini esa to‘y bazmidagi katta ekranga chiqarib ko‘rsatilmoqda¸ deydi Boymurod aka.

Skype yaratgan Moskva - Urganch teleko‘prigi

Urganchlik 48 yashar Rustamboy aka Moskvadagi minglab mehnat muhojirlaridan biri.

Qizi uzatilgan paytda Rustamboy aka Moskvada edi. To‘y xarajatlari ustiga yo‘l kira xarajatlari ham qo‘shilishini istamagan Rustamboy aka qizining to‘yida Skype orqali ishtirok etishga qaror qildi.

Turmushga chiqayotgan qiz Skype orqali otasidan oq fotiha oldi.

Rustamboy aka to‘yni Skype orqali translyatsiya qilish masalasida sinfdosh do‘sti urganchlik muhandis Qadamboyga murojat qildi.

Qadamboy aka va uning shogirdlari Internetdan 3G trafik sotib olib Ipad planshetlarda to‘y bo‘layotgan Urganch va kelinning otasi o‘tirgan Moskva o‘rtasida teleko‘prik yaratishdi.

Qadamboy akaning Ozodlikka aytishicha¸ Internet trafigi to‘y bazmi va ertasi kuni mahallaga osh tortilish marosimini olib ko‘rsatishga ham yetgan.

Skype orqali Moskvani Urganchga yaqinlashtirgan tasvirchi G‘ayratbekning Ozodlikka aytishicha¸ bunday to‘ylar kundan kunga urf bo‘lmoqda.

Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:02 0:00
Бевосита линк

Tasvir orqasidagi huzun


Sankt-Peterburgda yashaydigan Boymurodning aytishicha¸ nafaqat to‘ylar balki janoza¸ xudoyi¸ ehson kabi diniy tadbirlarda ham o‘zbek musofirlari Skype orqali “qatnashmoqda”.

- Albatta¸ qizini uzatayotgan ota uzoqdan turib emas yonida turib fotiha bergani ma‘qul. Ammo Rossiyadagi ish beruvchi har doim ham buni tushunmaydi¸ oqibatda ishdan ayrilish hech gap emas¸ deydi Boymurod.

Moskvadagi Rustamboy akaning ham to‘yda qatnashmagani bilan bog‘liq g‘amgin hikoyani uning sinfdosh do‘sti Qadamboydan eshitdik:

- Uch qizning otasi Rustamboy aka xotini bilan birga Rossiyaga mardikorlikka ketishdi. Qizlar buvisi bilan qoldi. Mardikorlikdagi azob uqubatlarda Rustamjon akaning xotini kasal topib olamdan o‘tdi.

Orada Rustamjon ikki oy ishsiz qoldi. Moskvada endi ish topdim¸ deganida qiziga sovchi kelib to‘y kuni belgilandi.

Ish beruvchi Rustamjonga to‘yga borishga izn bermadi. Rustamjon to‘yni Moskvadagi hujrasida¸ monitor qarshisida o‘tirib kuzatishga majbur bo‘ldi¸ deydi Qadamboy aka.

Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:53 0:00
Бевосита линк
XS
SM
MD
LG