Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:55

Qashqadaryoda bolalar paxta terayapti (foto)


Qashqadaryoning Yakkabog‘ tumanidagi 70-maktab o‘quvchisi (2012 yilning 23 oktyabr kuni suratga olingan).
Qashqadaryoning Yakkabog‘ tumanidagi 70-maktab o‘quvchisi (2012 yilning 23 oktyabr kuni suratga olingan).

23 oktyabr kuni huquq faollari tomonidan o‘tkazilgan monitoring natijasida Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘, Shahrisabz, Qamashi tumanlarida maktab o‘quvchilarining paxta terayotgani aniqlangan.

O‘zbekiston inson huquqlari al‘yansi raisi Yeleva Urlayeva bilan "Birdamlik" harakatining O‘zbekiston bo‘yicha rahbari Malohat Eshonqulova Qashqadaryo viloyatida bolalarning paxta terimiga jalb qilinishi bo‘yicha o‘tkazgan monitoring davomida olingan suratlarni Ozodlikka taqdim qildi.

Suratlar 2012 yilning 23 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanidagi Beshkaltak qishlog‘i hududida suratga olingan.


Yelena Urlayevaning Ozodlikka aytishicha, Yakkabog‘ tumani Beshkaltak qishlog‘i hududida 70-maktabning 4-5-6-sinf o‘quvchilari dalada paxta terayapti.



Huquq faollariga ko‘ra, dalada paxta terayotgan bolalarning yoshlari 10, 12 yoshda.



Yakkabog‘ tuman Xalq ta‘limi bo‘limi rahbari Toshtemir Xushvaqtovning Ozodlikka aytishicha, to‘rtinchi va beshinchi sinf o‘quvchilari tushdan keyin o‘qishadi va ular tushgacha ota-onalar tomonidan paxta terimiga jalb qilingan bo‘lishi mumkin.



Huquq faollariga ko‘ra, ular Beshkaltak qishlog‘i hududidagi dalalarda paxta terayotgan bolalar bilan suhbatlashganida, o‘quvchilar dars mashg‘ulotlari o‘rniga paxta terayotganliklarini aytishgan.

Malohat Eshonqulovaga ko‘ra, bu surat paxta shtabiga aylantirilgan Yakkabog‘ tuman Jinoyat ishlari bo‘yicha sud binosi ichkarisida olingan.
XS
SM
MD
LG