Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 15:26

Andijonliklar O‘shda o‘g‘irlik qilganlikda ayblanmoqda


Bu borada Ozodlikka O‘sh shahar ichki ishlar boshqarmasi ma‘lum qildi. Aytilishicha, yigitlar O‘sh shahri markazidagi “Plaza” do‘koniga kirib 7 ming qirg‘iz so‘mi yoki qariyb 150 dollarlik mol o‘g‘irlashgan. Hozirda mazkur hol yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.

Ma‘lumotlarga qaraganda andijonlik 24 hamda 25 yoshli yigit bundan uch kun avval soat 17.30larda O‘sh shahri markaziy ko‘chalaridan birida joylashgan “Plaza” do‘konida o‘g‘irlik sodir etganlikda ayblanib qo‘lga olingan:

-O‘sh shahar Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan odamni to‘nash holati bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Andijon shahrida yashovchi ikki fuqaro qo‘lga olindi. Ular bundan uch kun avval O‘sh shahri Qorasuv ko‘chasidagi “Plaza” do‘koniga kirib, savdogar ayolni qo‘rqitgan. Uning og‘zini qo‘llari bilan berkitib, 7 ming so‘mlik buyumlarini olib ketishgan, - dedi O‘sh shahar Ichki ishlar boshqarmasi matbuot kotibi Zamir Sidikov.

Unga ko‘ra, ayni paytda mazkur holat yuzasidan Qirg‘iziston Respublikasi Jinoiy kodeksining 168 -moddasi (qaroqchilik) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Qo‘lga olingan shaxslar O‘sh shahar Ichki ishlar boshqarmasining vaqtincha saqlash izolyatorida saqlanmoqda. Ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi ham tekshirilmoqda.

Zamir Sidikovga ko‘ra, O‘shda turli jinoyatlar sodir etganligi uchun nafaqat O‘zbekiston, balki boshqa davlat fuqarolari ham qo‘lga olingan:

-Jinoyatchilikda chegara, millat bo‘lmaydi, jinoyatchini sening kim ekaning, qaysi millatdan ekaning qiziqtirmaydi. Ular faqat o‘z foydasini o‘ylashadi. Bizda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan tashqari Tojikiston, Turkiya, Pokiston Islom Respublikasi fuqarolari tomonidan turli jinoyatlar sodir etilib, jinoiy javobgarchilikka tortilgan holatlar bo‘lgan, - der ekan O‘sh shahar Ichki ishlar boshqarmasi matbuot kotibi Zamir Sidikov qo‘shni O‘zbekiston va Tojikiston Respublikasi hududida jinoyat sodir etganligi uchun bir qator o‘shliklar ham qo‘lga olinganlarini ham qo‘shimcha qildi.

Zamir Sidikov qo‘shni davlatlar kuch tizimi xodimlari bilan samarali hamkorliklar ham bo‘lganini aytar ekan, qo‘shni davlat kuch tizimi xodimlari bilan hamkorlikda qilinishi kerak bo‘lgan ishlar talaygina ekanini ham qo‘shimcha qilidi.
XS
SM
MD
LG