Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 07:08

"Barsa" Neymarni 3 iyun kuni taqdim etadi


O'tgan hafta "Barselona" futbol klubiga o'tganini e'lon qilgan braziliyalik yosh yulduz Neymar dushanba, 3 iyun kuni yangi jamoasi tarafidan taqdim etiladi.

Ayni damda Neymar Braziliya terma jamoasi tarkibida 2 iyun kuni Angliya termasiga qarshi o'tadigan o'rotqlik uchrashuvi uchun tayyorgarlik ko'rmoqda.

Uning Ispaniyaga dushaba kuni ertalab uchub kelishi kutilmoqda.

"Barsa" veb-sahifasida aytilishicha, "Kam Nou"da yosh futbol yulduzi tibbiy tekshiruvlardan o'tganidan so'ng klub bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekadi. So'ngra unga rasman ko'k-yoqut ranglilar formasi topshiriladi.

Eslatamiz, "Kichkintoy Ney" laqabi bilan mashhur 21 yoshli Neymarning "Santos" (Braziliya) klubini tark etib, "Barsa" bilan shartnoma tuzishi haqida 26 may kuni e'lon qilindi.

Transfer narxi rasman ochiqlangani yo'q. Biroq norasmiy manbalarga ko'ra, yosh yulduzni sotib olish uchun "Barsa" 60 million yevrodan oshiq pul sarflamoqchi.

Neymarning Kataloniyadagi maoshi esa yiliga 7 million yevroni tashkil etishi aytilmoqda.

Avvalroq "Barsa"ning ashaddiy raqibi hisoblanmish Madridning "Real" klubi ham Neymarni sotib olish istagini bildirgan edi.

Neymar 1992 yilning 5 fevralida Braziliyaning Moji-das-Kruzis shahrida tug'ilgan. 1999 yilda "Santos" futbol klubi maktabiga qabul qilingan. Karyerasidagi ilk professional shartnomani 2008 yili "Santos" klubi bilan imzolagan. Neymar 2010 yildan beri Braziliya milliy terma jamoasining asosiy tarkibida to'p suradi. Neymar 19 yoshida ota bo'lgan. O'g'lining ismi David Lukka.


Video: Neymar "Santos"ni tark etmoqda
XS
SM
MD
LG