Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:13

Bredli Menning Usama bin Ladinga AQSh harbiy sirlarini oshkor etganlikda ayblandi


AQSh harbiy prokurorlari Bredli Menningni Al-Qoida guruhining sobiq yetakchisi Usama bin Ladinga Amerika harbiy sirlaridan ogoh bo‘lish mumkinchiligini yaratganlikda aybladi.

Ayblov dushanba kuni Vashington yaqinidagi Fort Mide harbiy tribunalida o‘tayotgan mahkamada e‘lon qilindi.

25 yoshli Menning WikiLeaks saytiga qariyb 700 ming mahfiy hujjatlarni taqdim etganlikda ayblanib, sudlanmoqda.

Menningni himoya qilayotgan advokatlar uni “yosh, soda, biroq niyati yaxshi” bo‘lganini aytishmoqda.

Bredli Menning o‘ziga nisbatan ilgari surilgan ba‘zi ayblovlarni tan olishga rozi bo‘lgan, lekin eng jiddiy bo‘lgan Amerika dushmanlariga ko‘maklashganlikka doir ayblovni inkor qilib kelmoqda.

Agar harbiy tribunal uni ushbu modda bo‘yicha aybdor deb topsa, Menning umrbod qamoqqa hukm qilinishi mumkin.
XS
SM
MD
LG