Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:19

Messi va uning otasi katta miqdorda soliq to‘lamaganlikda ayblanmoqda


Ispaniyaning “Barselona” futbol klubi hujumchisi argentinalik Lionel Messi va uning otasi Xorxe katta miqdorda soliq to‘lamaganlikda ayblanmoqda.

Ispaniya hukumatiga ko‘ra, taniqli futbolchi va uning otasi 2006-2009 yillar oralig‘ida qariyb 4 million yevroni soliq idorasiga to‘lashmagan.

Messining o‘zi bu ayblovlarni rad etib, ular haqida faqat ommaviy axborot vositalari orqali bilganini aytdi.

25 yoshli Leionel Messi 2004 yildan beri Ispaniyaning “Barselona” futbol klubida faoliyat yuritib keladi. U so‘nggi 4 yil davomida qatorasiga yilning eng yaxshi futbolchisi deya e‘tirof etilgan.

Forbs jurnaliga ko‘ra, Messi yiliga 41 million dollardan ko‘proq daromad topadi.
XS
SM
MD
LG