Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:37

Useyn Bolt 100 metrga yugurish bo‘yicha yana bir bor jahon chempioni bo‘ldi


Yamaykalik taniqli yuguruvchi Useyn Bolt Moskvada o‘tayotgan yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatining 100 metrga yugurish musobaqsida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

26 yoshli Bolt ushbu masofani 9,77 soniyada bosib o‘tdi.

2009 yili Berlinda o‘tgan jahon chempionatida Useyn Bolt yuz metrlik masofani 9,58 soniyada bosib o‘tib, jahon rekordini o‘rnatgan edi.

Yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan musobaqada kumush medal amerikalik Jastin Gatlinga, bronza yamaykalik Nesta Karterga nasib etdi.

Useyn Bolt 6 karra olimpiada chempioni va olti karra jahon chemponidir. U shu kungacha 8 bor jahon rekordini o‘rnatgan.

Moskvadagi yengil atletika bo‘yicha jahon chempionati 10 avgustdan 18 avgustgacha “Lujniki” stadionida bo‘lib o‘tadi.
XS
SM
MD
LG