Линклар

Шошилинч хабар
11 сентябр 2024, Тошкент вақти: 08:00

Sankt Peterburgni "qaroqchi"-melisalar bosdi


Rossiya politsiyasi noqonuniy muhojirlarni aniqlash bo‘yicha olib borayotgan reydlar mamlakatning barcha mintaqalariga yoyildi. “Zachistkalar” paytida qonun himoyachilari mayda o‘g‘irlik va talon-tarojlikka qo‘l urayotgani haqida xabar qilinmoqda.


“Zachistkalar” paytida muhojirlar cho‘ntaklari ham tozalanayapti


Ayni paytda, Rossiya shaharlarini “noqonuniy muhojirlardan tozalash” tadbirlari ayrim "qo‘li egri" politsiya va FMS xodimlariga qo‘shimcha daromad topish manbayiga aylanib qoldi.

Sankt Peterburgning Salov ko‘chasidagi bozor, Sennaya maydoni, shahar metro bekatlari yonlaridagi bozorchalar, qator qurilish ob‘ektlaridagi tekshiruvlarga politsiya OMON jangchilari, DAN xodimlari, maxsus o‘rgatilgan itlar va hatto vertolyotlarni jalb qildi. Birgina Kalinin sabzavot omborida ushlangan 500 nafar muhojirdan 300 nafari migratsiya qoidalarini buzgan, deb topildi.

13 avgust kuni ertalabki 6:30 larda Admiralteyskiy tumanida politsiya va OMON olib borgan “zachistka” paytida o‘zbek-tojik muhojirlari ijaraga olgan yotoqxonalar ham “tozalandi”.

Bu haqda Ozodlikka gapirib bergan samarqandlik Pokiza ismli ayollardan biri OMONchilar nazoratida ularning mol-mulki bir nechta mashinada olib chiqib ketildi, deydi.

- 100-200 kishi hamma pod‘ezdlardan yig‘di va yuzini devorga qaratib qo‘yib, hamma joyni talon-taroj qilib tashladi. Narsalarini sindirib tashladi, musorga otdi. Kompьyuter bormi, tillasi bormi, puli bormi – hamma narsani o‘g‘irlagan! Odamlarning fotoapparatlari, kameralari, noutbuklarini olib ketgan. Uylarimizni dabdalasini chiqarib tashlagan! Bizni ko‘chaga chiqarib, o‘zlari kosheleklarimizni bittalab axtarib hamma narsalarimizni olib ketdi. Odamlarga hatto kiyinishga ruxsat bermasdan olib chiqqan edi,- deydi Pokiza.

Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:31 0:00
Бевосита линк


Pokiza politsiya xodimlari muhojirlarning arzimas buyumlari, kiyimlarigacha olib chiqib 3ta yengil mashinada tashib ketgani, va bu mashinalar nomerlari ham ma‘lum ekanini aytdi.

Muhojirlar mol-mulkini tashishda A653AO raqamli jigarrang “Xonda”, X662SN raqamli oq “Xonda” va T518VV raqamli “Jip” mashinalari ishlatilganini eslab qolgan.

Pokiza hozirda Rossiyaning “madaniy poytaxti” sanalmish Sankt Peterburgda olib o‘tkazilgan reydlarda politsiyaning hatti-harakatlari ustidan mahalliy huquq-tartibot idoralari sababsiz arizalarni qabul qilishdan bosh tortayotganini ma‘lum qildi.

Sankt Peterburgda muhojirlar huquqlarini himoya qilish bilan shug‘ullanadigan Bek ismli o‘zbek yigiti muhojirlar shaharda mutlaqo huquqsiz qatlamga aylanib qolganini aytadi.

- Kecha Kolimyayevskiy bozorida hammasi razresheniye olgan bolalarni tutib ketishdi. Ularni sud qilib Rossiyadan chiqib ketasan deyapti. Ular ma‘muriy javobgarlikka ham tortilmagan. Og‘zaki buyruq beryapti ”3 kunda chiqib ketasan”, deyapti. Na prokuratura, na UVD bularning arizasini qabul qilyapti. “Nelegal-13” amaliyoti boshlanganidan keyin politsiya haqiqiy qaroqchiga aylanib qoldi. O‘zbek jamiyatlari esa o‘zi bilan o‘zi ovora,- deydi Bek Ozodlik bilan suhbatda.

Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:41 0:00
Бевосита линк


Suhbatdoshga ko‘ra, oxirgi bir-ikki hafta davomida hatto hujjati joyida bo‘lgan o‘zbek muhojirlari ko‘chaga chiqishga qo‘rqib qolgan.

Politsiya xodimlarining “noqonuniy muhojirlarni aniqlash” bahonasida o‘g‘irlikka qo‘l urayotgani odatiy holga aylanib bormoqda.

Shu yilning 26 iyunida OMON guruhining alpinist-jangchisi Yevgeniy Danilov “Moskvorechьe” shirkati hududida o‘tkazilgan “Noqonuniy muhojir” reydi paytida ishchilarga qarashli 226 ming rubl pulni o‘g‘irlab ketgani xabar qilingan edi.

Yuqori etajda joylashgan ofisdagi stol ustida taxtlanib turgan pachka-pachka pullarni ko‘rgan omonchi nafsini tiya olmasdan, pullarni sumkasiga solib ketgani uchun 10 iyul kuni ishdan bo‘shatildi va negadir “intizomiy javobgarlikka” tortildi xolos.


Migrantlarga qarshi amaliyotlar ko‘lami kengaymoqda


Rossiya Ichki ishlar vazirligi qo‘shinlari va Federal migratsiya xizmati xodimlari uyushtirayotgan “tozalash” amaliyotlari ko‘lami kengayib bormoqda.

Asosan bozor va qurilish ob‘ektlarida o‘tkazilayotgan “zachistkalar” Rossiyaning deyarli barcha mintaqalarida kuzatilayotgani xabar qilinmoqda.

So‘nggi bir necha kun ichida Krasnodar o‘lkasining Severniy tumanida qariyb 600 xitoylik muhojir qo‘lga olindi va Rossiyadan badarg‘a qilindi. Tyumen shahridagi bozor va qurilish inshootlarida olib borilgan amaliyot davomida hibs etilgan 800dan ziyod migrant mahalliy politsiya bo‘limlariga olib kelingan va tekshiruvdan o‘tkazilgan.

Viloyat politsiya boshqarmasida ulardan 60 kishi migratsiya qonunchiligini buzganlikda aybdor deb topilib, deportatsiya qilindi. Volgogradda teplitsada ishlayotgan 100 nafar Xitoy fuqarosi hibsga olindi; Perm shahridagi reydda 400 ziyod muhojir ushlandi: ulardan bir nechtasi ma‘muriy javobgarlikka tortildi; Kamchatkada o‘tgan shanba-yakshanba kunlari 60 yaqin muhojir politsiya bo‘limiga olib kelingan.

Shuningdek, "zachistkalar" Udmurtiya, Petropavlovsk, Peterburg, Rostov, Kaliningrad, Yekaterinburg, Nijniy Novgorod va boshqa deyarli barcha yirik shaharlarda olib borilgani ma‘lum.

Rossiya Ichki ishlar vazirligi rasmiy xabariga ko‘ra, qo‘lga olingan va deportatsiya qilinayotgan muhojirlarning aksari O‘zbekiston fuqarolaridir.

Joriy yilning 9 avgustidan Moskva va viloyati, Sankt Peterburg shahri va Leningrad viloyatida migratsiya qonunchiligini buzgan mehmonlarga nisbatan jarimalar oshdi. Federal Migratsiya xizmati tarqatgan ma‘lumotga ko‘ra, kirish, yashash va migratsiya qaydi qoidalarini buzganlar 7 ming rubl jarima va deportatsiya kutmoqda. Boshqa mintaqalarda ayni huquqbuzarlik 5 ming rubllik jarima bilan kifoyalanadi.
XS
SM
MD
LG