Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:12

Toshkent o‘quvchilaridan Halloweenni nishonlamaslik haqida tilxat olindi


Toshkent shahridagi maktab¸ kollej va litsey o‘qituvchilariga o‘quvchi va talabalarning Halloween bayramini nishonlamasligi uchun 31 oktabrda tuni bilan navbatchilik qilish yuklatildi. Xalq ta‘limi vazirligidan tuman bo‘limlariga yuborilgan telefonogrammada o‘quvchilarning bu bayramni nishonlashi qat‘iyan man qilingan.

31 oktabr kuni dunyoning qator davlatlarida nishonlanadigan Halloween bayramini nishonlamaslik xususida O‘zbekiston Xalq ta‘limi vazirligining maxsus telefonogrammasi barcha xalq ta‘limi bo‘limlariga yuborilgan.

Toshkent shahridagi tumanlardan biri Xalq ta‘limi bo‘limining o‘zini tanishtirmagan mulozimi, barcha o‘qituvchilarga tuni bilan shaharda navbatchilik qilib chiqish vazifasi yuklatilganini aytdi:

- Biz grafik qilib chiqdik. Maktablar direktorlari, bog‘cha mudirlarini ham biriktirdik bu narsaga. O‘qituvchilardan iborat ishchi guruhlar tuzildi. Ular ertalabgacha Skverda va boshqa gavjum joylarda yurishib, o‘quvchilarni Hellounni bayram qilishga qo‘ymaydi, dedi Xalq ta‘limi bo‘limi mulozimi.

Toshkent Pedagogika kollejida o‘qiydigan Dilfuzaga ko‘ra, 31 oktabr kuni ertalab talabalardan bu bayramda ishtirok etmaslik xususida tilxat olingan:

- O‘qituvchilarimiz ertalabdan tilxat yozdirib olishdi. Agar kimningdir ko‘chada bayram qilib yurganini ushlab olsak, o‘qishdan haydaymiz, deb qo‘rqitishdi, dedi Dilfuza.

Toshkent shahridagi Chilonzor tumani Xalq ta‘limi bo‘limining o‘zini tanishtirmagan mulozimiga ko‘ra, maktablar direktorlari ham o‘quvchilarini bayramga chiqarmaslik haqida kafolat xatlari yozib bergan:

- Zavrayonomiz bu tadbir boshida turibdi. Direktorlardan kafolat xatlari olingan. O‘quvchilarga tushuntirish ishlari olib borildi. Darsdan keyin uyiga boradi, keyin ko‘chaga chiqmaydi. Sinf rahbarlari kontrolida ushlaydi, dedi xalq ta‘limi bo‘limi mulozimi.

Uning aytishicha, o‘quvchilarning bu tadbirda qatnashishiga taqiq qo‘yilishi, Hellouinning o‘zbeklar milliy an‘analariga, urf-odatlariga yot ekanligi bilan bog‘liq.

Halloween ( "All Hallows' Evening") qadim kelьtlarning tarixiy bayrami bo‘lib, hozirda u G‘arb nasroniylari tomonidan 31 oktyabrda nishonlanadi. Rivoyatlarga ko‘ra bu kunda o‘lgan odamlarning ruhi yerga qaytishi mumkin.

O‘zbekistonda keyingi yillarda nasroniy bayramlarning nishonlanishiga taqiqlar qo‘yilayotgani kuzatiladi.

Ikki yildan buyon o‘zbekistonlik talaba yoshlarga 14 fevral – Sevishganlar kunini nishonlamaslik qat‘iyan tavsiya qilinib kelinmoqda. G‘arblik yoshlar keng nishonlaydigan, mustaqillik yillarida o‘zbekistonlik yoshlar orasida ham urf bo‘lgan Avliyo Valentin kunida yigitlarning qizlarga gul tuxfa qilishi taqiqlandi.
XS
SM
MD
LG