Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:28

CA-News.org: Islom Karimov – mintaqadagi eng ayyor prezident


CA-News.org sayti o‘tkazgan onlayn so‘rov natijalariga ko‘ra, Islom Karimov Markaziy Osiyodagi eng ayyor prezident, deb topilgan.

“Markaziy Osiyodagi eng ayyor prezident kim?” degan savolga sayt so‘rovida qatnashgan 6558 mushtariydan 3341 nafari yoki qariyb 51 foizi “Islom Karimov” deya javob bergan. Ayni paytda sayt mushtariylaridan 1798 nafari yoki qariyb 27,5 foizi Nursulton Nazarboyevni mintaqadagi eng ayyor prezident, deb hisoblaydi.

So‘rov natijalariga ko‘ra, 3-o‘rin Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev, 4-o‘rin Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon, 5-o‘rin Turkmaniston prezidenti Qurbonquli Berdimuhammedov, oxirgi o‘rin esa Afg‘oniston prezidenti Hamid Karzayga berilgan.

Mazkur so‘rovni o‘tkazgan sayt tahririyati “ayyor” degan ta‘rifga salbiy ma‘no yuklanmaganini ta‘kidlashni unutmagan. Ularga ko‘ra, “ayyor” sifati ostida oqil, topqir, chapdast va maqsad sari jo‘n bo‘lmagan yo‘llardan boruvchi kabi ma‘nolar tushinilishi lozim.
XS
SM
MD
LG