Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 05:08

O‘zbekistonlik futbolchi Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi nomiga da‘vogar


Abbosbek Mahstaliyev (chapda) chexiyalik raqibi Yindrix Kadula bilan to'p uchun kurashmoqda. Jahon chempionati - U17, 25 iyun 2011 yil.
Abbosbek Mahstaliyev (chapda) chexiyalik raqibi Yindrix Kadula bilan to'p uchun kurashmoqda. Jahon chempionati - U17, 25 iyun 2011 yil.
O‘zbekistonlik 19 yashar futbolchi Abbosbek Mahstaliyev Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi nomiga da‘vogarlik qilmoqda.

Toshkentning “Paxtakor” futbol klubi yarim himoyachisi bilan birga ushbu nom uchun da‘vogarlar uchtaligiga janubiy koreyalik Kvong Chang Xun va iroqlik Ali Adnan ham kirgan.

O‘zbekistonning 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan tashkil topgan yoshlar terma jamoasi a‘zosi Abbosbek Mahstaliyev 1994 yilning yanvar oyida tug‘ilgan.

U 2013 yilgi mavsumda “Paxtakor” safida Oliy liga o‘yinlarida jami 9ta uchrashuvda maydonga tushib, bir marta raqib darvozasini ishg‘ol eta olgan.

2013 yilning yoz oylarida Turkiyada bo‘lib o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida esa Mahstaliyev 5 o‘yinda ikkita gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
XS
SM
MD
LG