Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:40

“GM-Uzbekistan” ishlab chiqargan avtomobillar narxi yana qimmatlaydi


2014 yilda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar narxi oshiriladi.

"Uzmetronom" mustaqil Internet nashri xabariga ko‘ra, bu 27 fevral kuni Toshkentda “O‘zavtosanoat” kompaniyasi va Janubiy Koreya biznes vakillari o‘tkazgan biznes-forumda ma‘lum qilingan.

“O‘zavtosanoat” kompaniyasi tashqi iqtisodiy aloqalar boshqarmasi boshlig‘i Timur Yunusovga ko‘ra, joriy yilda O‘zbekistonda yig‘ilayotgan yengil avtomobillar narxi kamida 7 – 12 foizga oshadi.

“O‘zavtosanoat” vakiliga ko‘ra, 2011 yilda O‘zbekiston 2,6 milliard AQSh dollari miqdorida avtomobil sotgan. 2012 yilda bu ko‘rsatkich 3 milliard dollarni, 2013 yilda esa 3,3 milliard dollarni tashkil qilgan. Joriy yilda O‘zbekiston 3,7 milliard dollarlik avtomobil sotishni rejalagan.

“GM-Uzbekistan” qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar narxi O‘zbekistonda xorijdagiga nisbatan 40-45 foizga qimmat.

Misol uchun Qozog‘istonning Olmaota shahrida eng arzon Neksiyaning narxi 6,5 ming dollarni tashkil qiladi. O‘zbekistonda ayni Neksiyaning narxi 10 ming dollardan ziyod.

O‘zbekistonliklar avtosalondan mashina sotib olish olish uchun oldindan pul to‘lashlari va bir necha oy navbat kutishi kerak. Mashinani navbatsiz olish uchun kamida ming dollar pora berishi kerak.
XS
SM
MD
LG