Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 18:17

Smartfon va planshetlar Internet-kafelar bozorini kasod qila boshladi


O‘zbekistonda Internet-kafelar soni so‘nggi ikki yil davomida qariyb 25 foizga kamaygani aytilmoqda. 5-6 yil muqaddam odam tirband bo‘lgan Internet-kafelarning kamaya boshlaganiga, mutaxassislar fikricha, odamlar smartfon va planshetlar orqali Internetdan foydalanayotgani va boshqa omillar sabab bo‘lgan.

Buxorolik 19 yoshli Nuriddin Ozodlikka so‘nggi ikki yil davomida o‘zi yashaydigan hududda Internet-kafelar sezilarli darajada kamayganini aytdi.

- Toshkentni bilmayman, ammo Buxoroda Internet-kafelar kamaygan. Hozir ko‘pchilikda zamonaviy telefonlar bor. Odamlar Internet-kafelarning komp yuterlaridan kamroq foydalanayotgani shundan-da, - deydi buxorolik Nuriddin.

Jurnalist Abdurahmon Tashanov ham so‘nggi ikki yil davomida Toshkentda Internet-kafelar soni qariyb 25 foizga kamayganini aytdi.

Tashanov fikricha, odamlarning Internet-kafelardan kamroq foydalana boshlaganining qator sabablari bor.

- Internet-kafelarda Internet tezligi yuqori emas. Chunki katta Internet tezligini sotib olish bo‘yicha yuridik shaxslar uchun juda qimmat narxlar belgilangan. Mijozlardan keladigan daromad bu narxlarni ko‘tarmaydi, - deydi o‘zbekistonlik jurnalist.

Tashanovga ko‘ra, hozir poytaxtdagi aksar Internet-kafelarda asosan bolalar turli o‘yinlar o‘ynaydi.

- Hozir odamlarning mobil telefonlar, statsionar telefonlar orqali, ADSL sistemalari orqali Internetdan foydalanishi ko‘paygan. Internet-kafelarga talab nisbatan kam. Intrernet-kafelarda bolalar ko‘proq. Ular o‘yin o‘ynaydi. Komp yuterlarni o‘yinlarga moslashtirib qo‘yishibdi, - deydi Abdurahmon Tashanov.

Jurnalist fikricha, O‘zbekistonda Internet-kafelar qattiq nazorat ostida bo‘lgani ham mijozlar kamayishiga sabab bo‘lgan.

- Internet-kafelar haqiqattan ham kuchli nazorat ostida. Chunki administratordan tortib, kafening o‘ziga videokameralar o‘rnatilgan. Masalan, siz qaysi saytlarga kirayotganingizni ko‘rib turadi. Hozir odamlar Internet-kafedan ko‘ra ko‘proq uyida yoki shaxsiy telefoni orqali bemalol Internetdan foydalanishga harakat qilishadi, - deydi o‘zbekistonlik jurnalist.

Komp yuter texnologiyalari bo‘yicha mutaxassis Sanjar Isayev Ozodlikka hozirda odamlar ilmiy yoki boshqa ma‘lumotlar izlab emas, balki muloqot uchun Internetdan foydalanishini, yoshlar esa turli onlayn o‘yinlar bilan mashg‘ul ekanini afsuslanib gapirdi.

- Mobil telefon, smartfonlar ishlatadigan odamlar Instargam ga juda ham ko‘p kiradi. WhatsApp da o‘tiradi. Internet hozir faqat aloqa bo‘lib qoldi. Oldingiga o‘xshab hozir biz Google ga yoki Yandex ga kirib, ma‘lumot izlamaymiz. Hozir do‘stlarimiz bilan suhbatlashamiz. Shu bizga qiziq bo‘lib qolgan, - deydi Sanjar Isayev.

Toshkentdagi Alfa Fobus Internet-kafesi sohibi Abdulloh Ozodlik bilan suhbatda Internet-kafelarga asosan yoshlar o‘yin o‘ynash uchun kelishini aytdi.

- Komp yuteri borlar Internetga uyidan kiradi. Planshetdan, sotoviy telefondan ko‘proq kirishi to‘g‘ri. Internet-kafega keladiganlarning 80 foizi onlayn o‘yin o‘ynaydi. 20 foizi Internet uchun keladi. Komp yuterini vaqtida yangilamagan Internet-kafelar ikki yilda yopiladi. Chunki kompyuter dasturlari eskiradi. Dasturni yangilaganlari ishini davom ettiraveradi, - dedi Abdulloh.

Sanjar Isayev fikricha, bundan buyon O‘zbekistonda Internet-kafelar kamayishda davom etadi.

- Internet-kafelar nazarimda kamayadi. Hozirgi kunda texnologiya ham ixchamlashyapti, ham tezlashyapti. Eng muhimi, odamlarning cho‘ntagi bop. Bemalol sotib olishyapti. Misol uchun, o‘zimizning mahalliy “Artel” shirkati ham “Android” sistemasi bilan smartfonlar chiqaryapti. Boshqa “Android” smartfonlar bilan raqobatlasha oladi. To‘g‘ri, sekinroq ishlaydi, lekin o‘sha vazifani bajaradi, - dedi o‘zbekistonlik komp yuter texnologiyalari bo‘yicha mutaxassis Sanjar Isayev.

Prezident Islom Karimov dekabr oyi boshida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 21 yilligiga bag‘ishlangan marosimda qilgan ma‘ruzasida 2013 yilda Internet abonentlari soni 2012 yilga nisbatan 18,3 foizga o‘sib, 7 million 100 ming nafarni tashkil etishini aytgan. Qo‘l telefoni orqali Internetdan foydalanuvchilar soni bunga kirmaydi.

O‘zbekiston rahbariga ko‘ra, 2013 yil dekabr oyiga qadar mamlakatda mobil aloqa xizmatidan foydalanuvchilar soni 19 millionni tashkil etib, har bir oilaga o‘rtacha 3 ta uyali telefon to‘g‘ri kelmoqda.
XS
SM
MD
LG