Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:03

Turkiya sudi Tvitterga qo‘yilgan to‘siqni bekor qildi


Turkiyada sud Tvitter ijtimoiy tarmog‘idan to‘siqni olib tashlash to‘g‘risida qaror chiqardi.

Turkiya Bosh vaziri Rejab Erdo‘g‘on Tvitter tarmog‘ida hukumatdagi korrupsiyaga guvohlik beruvchi telefon suhbatlari yozuvi joylashtirilgani munosabati bilan "Tvitterni tomiri bilan sug‘irib tashlash" to‘g‘risida gapirganidan so‘ng tarmoq besh kun oldin to‘sib qo‘yilgan edi.

Huquq faollari, sud-huquq xodimlari va muxolifat suddan bu to‘siqni olib tashlashni talab qilgan.

Turkiya prezidenti Abdulla Gul ham Tvitterga to‘siq qo‘yilishiga o‘z noroziligini bildirgan edi.

Tvitter to'silishiga qaramay turkiyalik foydalanuvchilar onlayn to'siqlarni yorib o'tishda yordam beruvchi VPN kanallar, proksi-xizmatlar va DNS serverlar yordamida mikroblogdan foydalanishni davom etishgan.

76 million aholisi bor Turkiyada tahminan 12 million kishi Tvitterdan foydalanishi aytiladi.
XS
SM
MD
LG