Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 01:48

O‘shda o‘zbek yoshlari birinchi marta KVN o‘tkazdi


2010 yilgi O‘sh voqealaridan so‘ng birinchi marta O‘sh shahrida o‘zbek yoshlari Quvnoqlar va zukkolar tanlovini o‘tkazdi. Bu ishda ularga O‘shda millatlararo ishonchni qayta tiklash yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan “Intimak” teleradio shirkati ko‘mak ko‘rsatdi.

O‘sh voqealaridan 4 yil bo‘lgan bo‘lsa-da, O‘zbekiston bilan chegaralar ochilmagani bois u yerdan o‘zbek estrada qo‘shiqchilari va qiziqchilarining O‘shga kelishi deyarli kuzatilmaydi. Shu sababli mahalliy qo‘shiqchilar va yoshlar tomonidan so‘ngi ikki yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan xar qanday ko‘ngilochar dasturlar o‘shlik o‘zbeklar tomonidan iliq kutib olinadi. Bugun O‘shdagi Bobur akademik drama teatrida bo‘lib o‘tgan o‘zbek yoshlarining Quvnoqlar va zukkolar festivali ham ana shular jumlasidandir.

O‘shlik o‘zbek yoshlaridan iborat 4 guruhda Quvnoqlar va zukkolar o‘yiniga qiziquvchi 30ga yaqin o‘zbek o‘g‘il- qizlari bor.

- Qiziqarli sahna ko‘rinishlarimiz ko‘p. O‘zimiz ham repetitsiya jarayonida kulaverib holdan toydik. Ko‘pchiligimiz, shu jumladan, biz ham katta sahnalarni ko‘rmaganmiz. Birinchi marotaba sahnaga chiqishimiz, Olloh yuzimizni yorug‘ qilsa barchasi yaxshi bo‘ladi, -deydi 20 yoshli Quvnoqlar va zukkolar festivali ishtirokchisi Botir Nosirov tadbir boshlanishidan avval Ozodlikka bergan suhbatida.


O‘zbek yoshlarining chiqishlari va sahna ko‘rinishlarining tayyorlanishiga 2010 yil O‘sh voqealaridan so‘ng millatlararo munosabatlarni tiklashga xarakat qilib kelayotgan “Intimak” jamoat teleradiokompaniyasi xodimlari ko‘maklashdi. So‘ngi bir oy davomida goh teatr sahnasida, goh teleradiokompaniya binosida o‘tkazilgan tayyorgarlik ishlariga telekompaniyaning xodimlari rejissyorlik qilmoqda.


- O‘zbek yoshlar iloji boricha astoydil harakat qilishdi. Bular proffessional yoki biron joyda maxsus bilim olgan yoshlar emas, odiy usta yoki chevar bolalardir. Bizning repetitsiya jarayonimizda ham turli qiyinchiliklar bo‘ldi. Masalan, tayyorgarlik ko‘rish uchun maxsus joylar yo‘qligi sababli yoshlarimiz choyxona va boshqa yerlarda repetitsiya qilishiga to‘g‘ri keldi. Men o‘zbek milliy madaniy markazlarimiz shu kabi ishlarni o‘z zimmasiga olsa,o‘zbek yoshlari yig‘ilishi mumkin bo‘lgan joylarni tashkil qilsa yaxshi bo‘lar edi degan fikrdaman, - deydi televidiniya xodimi Davron Nasibxonov.

Mazkur Quvnoqlar va zukkolar festivalida O‘sh meriyasi Yoshlar qo‘mitasi homiyligi ostida Manas Ota hududiy kengashining Quvnoqlar va zukkolar guruhi ham mehmon sifatida ishtirok etdi. Meriya vakillari bunday tadbirlar turli millat yoshlarning do‘stona munosabatlarini mustahkamlashga katta hissa qo‘shadi degan fikrda. Rasmiylar o‘zbek yoshlari Quvnoqlar va zukkolar o‘yinlarida Qirg‘iziston ligalariga ham chiqishi mumkin degan umiddalar:

- O‘zbek millatidagi yoshlar Quvnoqlar va zukkolar tomoshalarida ishtirok etishmas edi. Bu yerda o‘zgachaligi o‘zbek yigitlarigina emas, qizlari ham Quvnoqlar va zukkolarga faol qatnashayotganidadir. Bundan tashqari guruhlarda ham o‘zbek,qirg‘iz, tojik, uyg‘ur yoshlari ishtirok etayotganidadir, -deydi O‘sh meriyasi vakili, O‘shdagi Manas Ota hududiy kengashi raisasi Nurila Isayeva.

Aytish joizki, mazkur tadbirda ishtirok etayotgan Quvnoqlar va zukkolar guruhlari asosan Intimak jamoat teleradiokompaniyasi tomonidan tuzilgan hamda o‘zbek yoshlaridan tuzilgan fan klublari a‘zolaridan tashkil topgan.
XS
SM
MD
LG