Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:05

​Saudiya Arabistonida koronavirusdan o‘lganlar soni 168 kishiga yetdi


Saudiya Arabistoni Sog‘liqni saqlash vazirligi yana besh odam Yaqin Sharq nafas yo‘llari sindromi yoki koronovirus deb atalayotgan virusdan o‘lganini ma‘lum qildi.

Bu bilan 2012 yilda Saudiya Arabistonida koronavirus tarqala boshlaganidan beri o‘lganlar soni 168 kishiga, virus yuqqan odamlar soni esa 529 kishiga yetdi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti shu kungacha dunyo bo‘ylab 173 kishi koronavirusdan vafot etgani, 572 kishiga virus yuqqanini tasdiqladi.

Saudiya Arabistonida odamlarga koronavirus tuyalardan yuqqani taxmin qilinmoqda.

Hozircha koronavirus yuqqan odamlarni davolash uchun vaksina yoki boshqa turdagi dorilar mavjud emas.
XS
SM
MD
LG