Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 11:01

Volgogradda o‘zbekistonlik er-xotin bolafurushlikda ayblanmoqda


2011 yilda Krasnogorsk shahridagi "Ashan" gipermarketiga tashlab ketilgan Amirjon To‘xtayev.
2011 yilda Krasnogorsk shahridagi "Ashan" gipermarketiga tashlab ketilgan Amirjon To‘xtayev.
Volgogradda o‘zbekistonlik er-xotin 5 kunlik farzandini 500 ming rublga sotayotgan paytda qo‘lga olindi. Savdoni Internet orqali uyushtirgan ota-ona politsiya tomonidan yuborilgan “xaridorga” qizaloqni arzonroq qilib berishni va‘da qilgan. Mahalliy diaspora vakillari so‘nggi bir yilda Volgogradda o‘zbek muhojirlarining bola savdosi bilan ikkinchi bor qo‘lga tushayotganiga e‘tibor qaratmoqda.


Bola sotmoqchi bo‘lgan juftlik Internetdagi e‘lonidan tutildi

Rossiyaning Volgograd shahrida o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari 14 may kuni tug‘ilgan qizini yarim million rublga sotish niyati borligini Internet tarmog‘idagi saytlardan birida e‘lon qildi.

Bu e‘longa ko‘zi tushgan mahalliy politsiya “xaridor” sifatida jinoyat-qidiruv bo‘limi xodimlarini yuborgan va ikkovlonni qo‘lga oldi.

Volgograd viloyati bo‘yicha Rossiya Tergov qo‘mitasi boshqarmasi axborot markazi vakili Natalya Kunitsina bu haqda mana bularni ma‘lum qildi:

- 2014 yilning 19 mayida Kazaxskaya ko‘chasidagi tug‘ruqxonaning o‘zida “xaridorga” o‘z go‘dagini 400 ming rublga pullayotgan paytda ikkalovi politsiya xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Ular O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari. Hozircha ularning qachon Rossiyaga kirib kelgani noma‘lum. Ular rasman nikohdan o‘tmagan. Ayol 28 yoshda, erkak 21 yoshda, - deydi Natalya Kunitsina.

Tergov qo‘mitasi vakilasi so‘zicha, ismi tergov borayotgani bois oshkor qilinmayotgan er-xotin bolani sotish rejasini farzandi tug‘ilmasdan oldin – joriy yilning aprelь oyida rejalashtirgan.

14 may kuni tug‘ilgan qizcha bolafurushlikda ayblanayotgan ota-onasi tomonidan 500 ming rublga baholangan, lekin “tovar arzonroq ham sotilishi mumkinligiga” ishora qilgan.

- Hozir bola shifoxonada. Tergov yakuniga qadar o‘sha yerda qoladi. Bolaning ota-onasining aybi bor-yo‘qligini sud hal etadi. Ularni hibsga olish masalasi ko‘rilmoqda. So‘roq paytida ular o‘z farzandini iqtisodiy nochorlik tufayli sotishga majbur bo‘lganini aytdi, dedi Volgograd viloyati bo‘yicha Rossiya Tergov qo‘mitasi boshqarmasi axborot markazi vakili Natalya Kunitsina.

Viloyat Tergov qo‘mitasi rasmiysi o‘zbekistonlik muhojirlar Rossiya Federatsiyasi Jinoyat Kodeksining 127.1 moddasi 2 qismi asosida "voyaga yetmagan shaxsni sotishga urinish" jinoyatini sodir etganlikda gumon qilinayotganini bildirdi.

Bu modda asosida ayblanuvchilarga 8 yildan 15 yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.


"Asosiy sabab - iqtisodiy nochorlik"

Volgograd o‘zbeklar jamoasi faoli Rustam Jumayev Ozodlik bilan suhbatda bu so‘nggi bir yildagi ikkinchi holat ekaniga e‘tiborimizni qaratdi.

- Asosiy sabab – iqtisodiy qiyinchilikdan bolasini sotishga majbur bo‘lyapti. O‘tgan yili Bikovskiy rayonda xorazmlik bir ayol qizchasini sotaman, deb ushlanuvdi. Uni yana bir bolasi bor edi, onasi kelib bolani vasiyligini o‘z zimmasiga olmoqchi bo‘ldi. O‘zbekistonda ham uyi yo‘q ekan bu ayolni – sud bermadi bolani. Bilishimcha, 4-mi, 6 yilmi olib qamalib ketdi o‘sha xorazmlik ayol. 2 ming dollarga sotmoqchi bo‘luvdi bolasini. Oxiri, otasi topilib, bolalarni otasi olib ketdi, deydi Rustam Jumayev.

Aniqlanishicha, bu ayol mahalliy tadbirkor fermerlardan biriga 1,5 ming dollar qarz bo‘lib qolgan va shu tariqa o‘z qarzidan qutulmoqchi bo‘lgan.
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:16 0:00
Бевосита линк


"Bola tug‘ib sotish biznesga aylangan"

Mahalliy o‘zbeklar jamoasi rahbari mehnat muhojirlari orasida bolafurushlikning urchiyotganiga yana bir narsa turtki bo‘lmoqda, deydi.

- Ikkinchi sababi – 5 kunlik bolani sotamiz deyotgan bo‘lsa, odatda, hushtori bilan yurib qo‘yib, xomilador bo‘lib qolib, bolasini tuqqanidan keyin nima qiladi?! Bundan ikki yil oldin o‘zbekistonlik yosh ayol bir ozarbayjon bilan yurib qo‘yib, homilador bo‘lib qolgan. Tug‘ib bolasini birovga tashlab ketgan ekan. Ya‘ni bola nomaqbul bo‘lib chiqqan, kerak emas... U shunchaki detdomga tashlab ketmasdan, pul ham ishlamoqchi bo‘lgan, ko‘rinadi-da. Asosiy maqsad – pul ishlash, deya o‘z fikrini bildirdi Volgograd o‘zbeklar jamoasi faoli Rustam Jumayev.

Ozodlik so‘nggi bir vaqtlarda Rossiyaning turli o‘lkalarida o‘z farzandlarini sotayotgan holatlar keskin ko‘payib borayotgani kuzatilayotgani to‘g‘risida xabar berib bormoqda.


Muhojirlar orasida bola o‘g‘rilari ko‘paymoqda

2014 yilning fevral oyida Sankt-Peterburgda o‘z nabirasini 80 ming rublga sotayotgan o‘zbekistonlik ayol qo‘lga olindi: 50 yoshli bu ayol nikohsiz o‘g‘il tuqqan 24 yoshli qizini “sharmandalik”dan xalos qilmoqchi bo‘lgan.

Samarada o‘zbek ayoli 4 oylik go‘dakni 35 ming rublga pullayotganda hibsga olingan va 17 yoshli ona politsiyachilarga bolasini sotib, topgan pulni Rossiya pasportini sotib olishga sarflamoqchi bo‘lganini aytgan.

2012 yilning 7 mayida Moskva shahrida o‘z bolasini operativ xodimlariga 150 ming rublga pullayotgan 27 yoshli qirg‘izistonlik ayol va 23 yoshli o‘zbekistonlik erkak hibsga olingani.

2011 yilning 22 martida soat 11 larda Krasnogorsk shahrida joylashgan “Ashan” gipermarketidagi oziq-ovqat aravachasida 7 oylik Amirjon To‘xtayev tashlab ketilgani.

Leningrad viloyati Roshchino qo‘rg‘onida o‘zbek millatiga mansub erkak axlat konteyneriga bir oylik chaqaloqni tashlab ketgani.

2010 yil 17 may kuni Mitishchi shahar kriminal militsiya xodimlariga mahalliy bozorda o‘z bolasini 10 ming rubl pulga taklif qilayotgan o‘zbekistonlik muhojir ayol qo‘lga olingani.
XS
SM
MD
LG