Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:55

Murmanskda O‘zbekiston qidiruvga bergan buxorolik ikki namozxon ushlandi


Rossiya shimolidagi Murmansk shahrida O‘zbekiston xalqaro qidiruvga bergan ikki buxorolik dindor hibs etildi. O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari bu shaxslarni bir vaqtning o‘zida ham “Musulmonlar birodarligi”, ham “Vahhobiylik” diniy-ekstremistik oqimi g‘oyalarini targ‘ib etganlikda ayblamoqda. Murmanskda ko‘p yillardan buyon yashayotgan o‘zbekistonlik yigitlarni shahar musulmonlari jamoasi himoyasiga oldi.

Rossiya Ichki ishlar vazirligining Murmansk viloyati bo‘yicha Ekstremizmga qarshi kurash markazi xodimlari 21 may kuni shaharda “xalqaro terrorchilik tashkiloti” a‘zolari sifatida O‘zbekiston qidiruvga bergan ikki o‘zbek - biri 1979 yil, yana biri 1984 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarolarini hibsga oldi.

“Mazkur fuqarolar O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 244.2 moddasi (diniy- ekstremistik¸ ayrimachilik¸ fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish¸ ularga rahbarlik qilish¸ ularda ishtirok etish) asosida O‘zbekiston Respublikasi tomonidan xalqaro qidiruvda bo‘lgan”, deyiladi mazkur modda asosida O‘zbekistonda gumonlanuvchilar 15 yilga qamoqqa mahkum etilishi mumkinligi aytilgan politsiya boshqarmasi rasmiy saytida.

Politsiyachilar bu shaxslar Buxoro viloyati bo‘yicha MXX tergov boshqarmasi tomonidan qidiruvga berilganini ma‘lum qildi.

Murmansk politsiyasi “o‘ta xavfli bo‘lgan” mazkur shaxslarning qo‘lga olinishi aks etgan videoni ham rasmiy xabariga ilova qildi.
Мурманскда Ўзбекистон сўрови билан бухоролик икки диндор ҳибсга олинди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:08 0:00
(Video Ozodlikka Rossiya Ichki ishlar vazirligining Murmansk viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan taqdim etildi)

Ozodlik bog‘langan Murmansk musulmonlari jamoasi bu hodisani tasdiqlab, qo‘lga olingan buxoroliklar oddiy namozxonlar ekani va jinoiy guruh tuzishda qo‘yilayotgan ayblovlarga ishonmasligini bildirdi.

Murmansk shahri imom-xatibi, asli falastinlik Visam Ali Bardvil hibsga olingan o‘zbekistonliklar haqida ba‘zi ma‘lumotlarni berdi.

- Bu ikkovlonni shahrimizda juda ko‘pchilik yaxshi taniydi, ular masjidimiz a‘zolari. Ular haqiqiy dindor, birorta boshqa tashkilotga a‘zo emas. Jahongir musulmonlar jamoasi raisi muovini, ikkinchisi Fazliddin. Jahongir jamoamiz faoli, shu yerda masjid qurilishiga katta hissa qo‘shgan shaxs, u o‘zining beminnat yordamiyu ehsonlari bilan tanilgan. U hech qanday boshqa siyosiy maqsadlarga ega bo‘lmagan, - deydi hibs etilganlar uchun kafillikka tayyor ekanini aytgan Kareliya Respublikasining Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash qo‘mitasi a‘zosi, Murmansk shahri imom-xatibi Visam Ali Bardvil.
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:15 0:00
Бевосита линк

Bu imom Jahongir 15 yildan buyon Murmanskda yashab kelayotgani, ikki nafar kichkina farzandi borligi, shaharda uning onasi, akalari va boshqa yaqinlari ham yashashini aytadi. Hibs etilgan ikkinchi o‘zbekistonlik Murmansk shahrida kirakashlik qilib kun kechirib yurgani ma‘lum.

Visam hazrat buxorolik yigitlarga qo‘yilayotgan ayblovlar bundan yarim yil oldin Buxoroda hibsga olingan va keyinroq qamalgan ikkita Murmansk musulmonlar jamoasi vakili “iqrornomasi” asosida tuzilgani to‘g‘risida ma‘lumotga ega ekanini aytdi.

U 2013 yilning oktyabr oyida Murmanskda ishlab uyiga borgan va endigina uylangan Javlon Ma‘murov va keyinroq qo‘lga olingan Erkin ismli shofyor yigit Murmanskda yashab mehnat qilayotgan boshqa buxorolik musulmonlarga tuhmat qilishga majbur etilgan, deydi.

Imom-xatib buxorolik yigitlarning hibs etilishi ularni yaxshi tanigan shahar ma‘muriyati va politsiya boshqarmasi rahbarlarini taajubga keltirganini qo‘shimcha qildi.

Ayni paytda, Jahongir va Fazliddinlar ishi bilan shug‘ullanishni boshlagan “Yordam” tashkiloti rahbari Bahrom Hamroyev so‘nggi paytlarda Rossiyaning turli mintaqalarida qidiruvda bo‘lganlar soni keskin ko‘paygani va ularning aksari Buxoro viloyatidan ekaniga e‘tiborimizni qaratdi.

- Bu birinchi holat emas, bunday holatlar juda ko‘p. Ular hozir hibsxonada. Umuman, oxirgi paytlarda aynan buxoroliklarga qarshi soxtalashtirilgan ayblovlar va Rossiya hududida hibsga olinayotganlar soni ko‘payib ketyapti. Mana, go‘yoki buxoroliklar katta ekstremistik jinoiy guruh tuzgan, degan fikrni Rossiya hukumatiga yetkazmoqchi va repressiv mashinalarni tezlashtirib yubormoqchi. Yaqinda Buxoroda harbiy mashqlar bo‘lganda xalqqa hech qanday informatsiya bermagan. Biz Jahongir va Fazliddinni qonuniy yo‘llar bilan O‘zbekiston hukumatiga bermaslikni talab qilamiz va bunga erishamiz, - dedi Bahrom Hamroyev.
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:09:50 0:00
Бевосита линк

Ozodlik Murmanskda ekstraditsiya so‘rovi ostida qolayotgan buxorolik namozxonlar va Murmansk musulmonlar jamoasi bilan bog‘liq vaziyatni kuzatib, xabar berib boradi.
XS
SM
MD
LG