Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:21

iPhone 5S eng xaridorgir samartfonga aylandi


Apple shirkatning iPhone 5S smartfoni 2014 yilning birinchi kvartalida eng ko‘p sotilgan telefon deb topildi.

Bu haqda jahon bozoridagi smartfonlar savdosi o‘rganilgan Handset Country Share Tracker tadqiqoti mualliflari ma‘lum qildi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, iPhone 5Sning yanvar-aprel oylarida jahon bozoridagi ulushi qariyb 9 foizni tashkil etgan.

Samsung shirkatining Galaxy S4 va Note 3 apparatlari xaridorligining pasayishi iPhone 4Sning savdolarda ikkinchi o‘ringa ko‘tarilishiga (4%) sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Shunga qaramay, umumiy savdolar bo‘yicha Samsung birinchilikni saqlab qolgan. Bunga Galaxy lineykasidagi arzon modellarga rivojlanayotgan davlatlar bozorlarida bo‘lgan yuqori talab sababchidir.
XS
SM
MD
LG