Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:16

Axa Muralimov: Klichkolardan chempionlik kamarini olaman!


WBA/NABA US yo‘nalishi bo‘yicha o‘ta og‘ir vazndagi chempion Ahror Muralimov.
WBA/NABA US yo‘nalishi bo‘yicha o‘ta og‘ir vazndagi chempion Ahror Muralimov.

WBA/NABA US yo‘nalishi bo‘yicha o‘ta og‘ir vazndagi chempion Ahror Muralimov Ozodlikka bergan eksklyuziv interv yusida yaqin kelajakda aka-uka Klichkolardan mutlaq chempionlik kamarini olish harakatida ekanini aytdi. Shu kungacha bu sportchi xalqaro turnirlarda jami 16 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan.

4 yildan buyon AQShning Texas shtatida yashayotgan o‘zbekistonlik 26 yashar professional bokschi Ahror Muralimov Ozodlikka bergan eksklyuziv interv yusida O‘zbekiston va AQShdagi kar‘erasi haqida gapirib berdi.

- Men O‘zbekiston chempioni bo‘lganman, u yerda ham kamar olganman. Iyulda Amerikadagi birinchi kamarimni oldim. 2010 yilda professional boksdagi bir sportchi maslahati bilan kelganmiz Amerikaga. 2011-2012 yildan boshlab Texasning o‘zida reyting janglarni o‘tkaza boshladim. So‘nggi jangga esa 3 kun qolganda taklif tushdi Bergmandan. Biz uni ko‘rib chiqib, qabul qilib yubordik, - deya so‘nggi o‘yin taassurotlarini bo‘lishdi Ahror.

AQShning Pensil vaniya shtatida o‘tkazilgan professional boks kechasida “Axa” taxallusi ostida ringga chiqqan taniqli Ahror o‘z raqibi - WBA yo‘nalishi bo‘yicha AQSh chempioni bo‘lgan 30 yashar Jeyson Bergmanni urib yiqitdi.

Boks mutaxassislari 27 iyul kuni o‘tkazilgan o‘yinning birinchi raundida Bergman qo‘li ustun kelganini ta‘kidlagan bo‘lsada, jangning ikkinchi qismida Ahror chiroyli, chapdast harakatlar bilan raqibi ishqibozlarining ham tahsinlariga sazovor bo‘ldi.

Avval nokdaun qilingan Jeyson Bergman Ahror Muralimovning qayta hujumiga dosh bera olmasdan nokaut bo‘ldi.

Suhbatda Ahror Muralimov Ozodlik muxlislaridan tushayotgan savollarga ham javob berar ekan, ringlarga O‘zbekiston bayrog‘i ostida tushishda davom etishi va boshqa mamlakat fuqaroligini olish rejasi yo‘qligini aytadi.

- Chunki mening ona vatanim O‘zbekiston. U yerda ota-onam, aka-ukalarim, do‘stlarim, muxlislar qancha... Shu darajaga yetishimga u yerdagi trenerlarim sababchi. O‘zim Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanidanman. Boks bilan shug‘ullanishni Toshkent shahar Chilonzordagi sport maktabi – Respublika Olimpiya zahiralari kollejida boshlaganman. Ilk trenerlarim - Rustam Karimbekov, Mansur Mahmudov va Islom Karimbekovlardir. Keyin Il yos Rahimjonov, Mahmud Xo‘jayev, Rustam Saidovlar qo‘l ostida shug‘ullanib keldim, - deydi Ahror Muralimov.

Chempion o‘zini jahon ringlarida ko‘rsata olgan o‘zbek boks maktabi namoyandalarining turli mamlakatlarga borib mashq qilishi va janglarda ishtirok etishini ijobiy baholadi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, jahon ringlarida kurashayotgan o‘zbekistonlik bokschilar orttirgan tajribalarini, oxir-oqibat, yana O‘zbekistonga olib kelib yosh bokschilarni tarbiyalashini gapiradi.

Suhbat so‘nggida AQSh chempioni Ahror Muralimov o‘zining yaqin va uzoq kelajakgiga oid rejalari bilan o‘rtoqlashdi va eng katta orzui mutlaq chempion bo‘lishini aytdi.

- O‘tgan jangni tashkillashtirgan odam 90 kun ichida bizga yana bir reyting janggini qilib berishi kerak: chempionlik kamarini himoya qilaman! Endi Lotin Amerikasi chempioni bilan kamar uchun kurashaman. Xudo xohlasa, oktyabrda Las-Vegasda bo‘ladi. Hozircha hamma kamar aka-uka Klichkolarda. Men ulardan barcha kamarlarni olish va mutlaq chempion bo‘lish niyatim bor, - deya yakunladi suhbatni o‘zbekistonlik chempion.

Ахрор Муралимов билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:14:22 0:00
Бевосита линк

27 iyul kuni AQShning Pensilvaniya shtatida o‘tkazilgan professional boks kechasida “Axa” taxallusi ostida ringga chiqqan Ahror Muralimov o‘z raqibi - WBA yo‘nalishi bo‘yicha AQSh chempioni bo‘lgan 30 yashar Jeyson Bergmanni urib yiqitdi.

Bundan oldinroq, Ahrorning safdoshi Jahon boks assotsiatsiyasi (WBA) yo‘nalishi bo‘yicha 2013 yilgi jahon chempioni Bahodir Mamajonov bu jangga qattiq tayyorgarlik ketayotganini gapirib o‘tgan edi.

Shu kungacha o‘zbek bokschisi professional ringda jami 16 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan, 13 jangni u nokaut bilan yakunlagan.

Ahror "Axa" Muralimov hozir AQShda istiqomat qiladi.

Oilali, bir nafar farzandi bor.

XS
SM
MD
LG