Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:05

QIWI pul o‘tkazish tizimi muhojirlar pulini tekinga o‘tkaza boshladi


QIWI xalqaro pul o‘tkazish tizimi terminallar orqali O‘zbekiston, Rossiya, Armaniston, Belarus, Gurjiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston davlatlari aro 4 avgustdan 30 sentabrgacha foizsiz pul o‘tkazish xizmatini boshladi. Aktsiya YuNISTRIM va CONTACT pul o‘tkazish tizimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.

MDHning aksar mamlakatlarida ishlayotgan mehnat qilayotgan muhojirlar 2014 yilning 4 avgustidan 30 sentabrigacha QIWI xalqaro pul o‘tkazish tizimining to‘lov terminallari orqali istagan valyutada pulini tekinga o‘tkazish imkoniga ega bo‘ldi.

Visa QIWI Wallet servisi xodimi Viktoriyaning Ozodlikka aytishicha, bu terminallar orqali pul o‘tkazmalari uchun xizmat haqi olinmayapti.

- Haqiqatan, bu aktsiya 4 avgustdan 30 sentabrgacha davom etadi. Bu muddat davomida CONTACT, YuNISTRIM pul o‘tkazish tizimlarining birortasi orqali QIWI terminallari yordamida pul jo‘natilsa, xizmat haqi olinmaydi. Bu bizning to‘lov tizimimizga mijoz yig‘ish uchun qilingan aktsiya. Doimiy mijozimiz bo‘lmagan shaxs bir marotalik to‘lovda 15 ming rubldan ziyod mablag‘ o‘tkaza olmaydi. Bizda indentifikatsiya qilingan mijoz 60 ming rublgacha, doimiy mijozga aylanganlar 100 ming rublgacha o‘tkaza oladi. Identifikatsiya qilinishi uchun esa u terminalning o‘zida yoki Internetdagi saytimiz orqali qayddan o‘tsa bas, - dedi Viktoriya.

QIWI to‘lov tizimi vakilasi O‘zbekiston xususida ham qo‘shimcha izoh berdi.

- Masalan, siz pulni rublda QIWIga kiritasiz, bizning bank o‘z kursida konvertatsiya qiladi va oluvchiga dollar shaklida beradi. Rossiya Markaziy bankining bugungi kursi bo‘yicha taxminan 36 rubl 1 AQSh dollari bo‘ladi. Bu dollarlarni siz CONTACT, YuNISTRIMning O‘zbekistondagi istalgan shoxobchalaridan olishingiz mumkin, - dedi QIWI to‘lov tizimi xodimi.

Olingan ma‘lumotga ko‘ra, QIWI terminalidagi “Denejnie perevodi” (pul o‘tkazmalari) bo‘limida talab etilayotgan ma‘lumotlar to‘ldiriladi va pul mablag‘i kiritiladi. Pul o‘tkazmasi 15 daqiqadan keyin jo‘natilgan manzildan olinishi mumkin.

So‘nggi paytlarda O‘zbekistonda pul o‘tkazmalarini olishda ayrim bank va shoxobchalarda jiddiy muammolar yuzaga kelayotgani to‘g‘risida Ozodlik xabar berib kelmoqda.

Yillardan beri Rossiyadan xorijga pul jo‘nataëtganlar ro‘yxatida birinchilikni o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari egallab kelmoqda.

2014 yilning birinchi choragida Rossiyadan O‘zbekistonga 910 million dollar pul o‘tkazilgan, bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 11,73 foizga kamdir.

2013 yilning Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 6 milliard AQSh dollaridan oshgan edi.

Ayni paytda, O‘zbekistondan Rossiyaga o‘tkazilayotgan pul hajmi bu miqdordan oshgani aytilmoqda.

XS
SM
MD
LG