Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 06:44

Rossiyadagi Yahudiylar muxtor viloyatida 5 o‘zbek nobud bo‘ldi


Rossiyaning Uzoq Sharqidagi “Amur” trassasida yuz bergan avtohalokatda O‘zbekistonning 5 nafar, Rossiyaning 2 nafar fuqarosi nobud bo‘ldi. Politsiyaning aniqlashicha, mashinalardan biri katta tezlikda yo‘lning qarama-qarshi qatnov qismiga chiqib ketgani bois halokat yuz bergan.

Rossiyaning Yahudiylar muxtor viloyatidan o‘tuvchi “Chita-Xabarovsk” yo‘lining 2 ming 133 kilometrida 11 avgust kuni sodir bo‘lgan avtomobil halokatida nobud bo‘lgan yetti kishidan besh nafari O‘zbekiston fuqarosi ekani aniqlandi.

Ozodlikning Yahudiylar muxtor viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga qilgan murojaatiga javoban ag‘darilgan Isuzu Gemini avtomobilida nobud bo‘lgan besh o‘zbekistonlikdan bittasining shaxsi hozirgacha aniqlanmaganini bildirishdi.

- Hodisa kecha soat 9 larda sodir bo‘ldi. Avtomobillar yuzma-yuz to‘qnashib ketgan. O‘lganlardan besh nafari O‘zbekiston fuqarosi - haydovchi – Qurbonov Zafarjon Muydinaliyevich, 07.10.1985 yilda tug‘ilgan; yo‘lovchi – Anvarjonov Baxromjon Yo‘ldoshjon o‘g‘li, 11.02.1991 yilda tug‘ilgan; yo‘lovchi – Qo‘chqorov Nizom Yo‘ldoshevich, 07.02.1986 y.t.; yo‘lovchi – Besterov Sergey Nikolayevich, 13.10.75 y.t. Yana bir o‘zbekistonlik ekani taxmin qilinayotgan yo‘lovchining shaxsi aniqlanmadi – hujjatlari yo‘q ekan. To‘qnashib ketgan ikkinchi avtomobil – “Toyota Mark-2” rusumli avtomashinada 50 yoshli xabarovsklik erkak kishi va uning 24 yoshli qizi bo‘lgan. Ular ham halokat joyida jon bergan, - dedi hodisa tafsilotlarini gapirib bergan Yahudiylar muxtor viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi mutasaddisi Shaposhnikov.

Olingan ma‘lumotlarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi viloyatning Smidovich tumani Kamishovka qo‘rg‘oni yonidan Birobidjonga o‘tuvchi trassada sodir bo‘lgan.

Politsiya avtohalokatga xabarovskliklarning yo‘l burilishida katta tezlikda qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgani sabab bo‘lganini taxmin qilmoqda.

- Hozirgi ma‘lumotlarga ko‘ra, o‘zbeklar boshqarayotgan mashina bu hodisada aybdor emas. Ikkinchi avtomobil surilib chiqqanmi yoki katta tezlikda olib chiqilganmi – yuzma-yuz kelib o‘zbekistonliklar mashinasiga urilgan. Ikkala mashinada ketayotganlardan birortasi tirik qolmagan, guvohlar yo‘q, - deya ma‘lumot berdi navbatchi ofitser.

Politsiya tergov davom etayotgani, avtohalokat joyida mutaxassislar ishlayotganini ma‘lum qildi.

XS
SM
MD
LG