Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:33

Rossiyadan ketgisi kelmagan muhojir Tolyatti sudidan qochdi


Jo‘rayev Manuchehrning Samara politsiyasi tomonidan taqdim qilingan surati.
Jo‘rayev Manuchehrning Samara politsiyasi tomonidan taqdim qilingan surati.

Rossiyadan deportatsiya qilinishi to‘g‘risida sud ya qarorini eshitgan o‘zbek muhojiri Tolyatti sudi binosidan qochib ketdi. 22 yashar Manuchehr Jo‘rayev tez orada shahar politsiyasi tomonidan qo‘lga olindi va sud qarori bilan mahalliy deportatsiya markaziga yuborildi.

Rossiyaning Tolyatti shahrida 13 avgust kuni bo‘lib o‘tgan sud mahkamasi mahalliy migratsiya qonunchiligini buzgan 22 yoshli O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilinishi to‘g‘risida qaror chiqardi.

“Bu xabarni eshitgan 1992 yilda tug‘ilgan Jo‘rayev Manuchehr sud binosini o‘z xohishiga binoan tark etdi”, deya o‘zbekistonlik muhojiri qidiruvga berilganini xabar qildi Samara viloyat politsiyasi boshqarmasi vakili.

Samara viloyati bo‘yicha Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati raxbari Sergey Goldshteyn muhojir hozirda politsiya boshqarmasi izolyatoridan xorijlik fuqarolarni saqlash markaziga jo‘natilganini aytdi.

- Birinchidan, u Sentralniy tuman sudi binosidan qochgani, sud zalidan mahkama paytida qochmaganiga e‘tiboringizni qaratmoqchiman. Muhojirning sud binosidan qochishiga yo‘l qo‘ygan politsiya xodimiga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazishni shaxsan viloyat politsiya boshqarmasi rahbari tayinlandi, - dedi matbuot markazi rahbari.

Samara viloyati politsiya boshqarmasi matbuot xizmatida shaharda qidiruvga e‘lon qilingan Jo‘rayev Manuchehr 4 soat o‘tar-o‘tmas Tolyattining Markaziy tumanida politsiya patruli tomonidan qo‘lga olindi.

Politsiyachilarga qarshilik ko‘rsatmagan mehnat muhojiriga “Nega qochib ketding?” deb berilgan savolga, u “Rossiyadan ketgim yo‘q”, deb javob qaytargan.

Rossiya Federal migratsiya xizmati 2014 yil 1 iyun holatiga ko‘ra, mamlakatda 2 million 400 ming o‘zbekistonlik mehnat muhojiri borligini bildirgan.

Rossiya Federal migratsiya xizmati tarqatgan ma‘lumot rasman ro‘yxatdan o‘tgan mehnat muhojirlari soniga asoslangan. Norasmiy ma‘lumotlarda Rossiyada 5 milliondan ortiq o‘zbekistonlik mehnat qilishi aytiladi.

XS
SM
MD
LG