Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:01

Eboladan ehtiyot bo‘ling, o‘ldiradi!


Ozodlik radiosining ilmiy-ma‘rifiy dasturi – OzodWiki yozgi ta‘tildan qaytib, 2014- o‘quv yilining 2- semestrini boshlamoqda. Ikkinchi yarim yillikning birinchi eshittirishi uchun O‘zbekcha Vikipediyaning shu kunda insoniyatga xavf solib turgan Ebola kasalligi to‘g‘risidagi maqolasini tanladik.

- Jahon hamjamiyati Ebola kasalligi tarqalishining oldini olishga ulgurmayapti, dekabrь oyiga borib bu kasallikka haftasiga 10 ming kishi chalinadi, deb bayonot berdi 15 oktabr kuni BMT vakili.

Ebola epidemiyasining oldini olish missiyasi rahbari Entoni Benberi BMT Xavfsizlik Kengashida qilgan chiqishi chog‘ida kasallik virusi tarqalishi sur‘ati tibbiyot xodimlari ko‘rayotgan choralar sur‘atidan tezroq ekanligi to‘g‘risida bayonot berdi.

Vaziyatning tahlikali ekanligiga yana bir ishora:

AQSh Prezidenti Barak Obama seshanba kuni “Ebola epidemiyasini jilovlash uchun xalqaro hamjamiyat yetarli chora ko‘rmayotgani” to‘g‘risida bayonot berdi.

15 oktabrgacha dunyo bo‘ylab 8914 kishi Ebolaga chalingani qayd etildi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti prognozlariga qaraganda, kasallikka chalinganlar soni joriy hafta oxirida 9000 kishiga yetadi.

Mana bu esa, o‘tgan hafta oxiri – 11 oktabrda Ozodlik tarqatgan xabar:

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga ko‘ra, Ebola virusidan halok bo‘lganlar soni 4033ga yetgan.

Hammasi bo‘lib dunyoda Ebolani yuqtirgan 8399ta bemor qayd etilgan.

Virus Liberiyada 2316, Syerra-Leonada 930, Gvineyada 778 odam yostig‘ini quritgan.

Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti yaqinda ushbu xastalik virusini xalqaro miqyosdagi tahdid, deb e‘lon qilgandi.

Baland isitma, qon ketishi va markaziy asab tizimining buzilishi - Ebolaning asosiy belgilaridir.

Uzbekistan - material about Ebola virus on uzbek wikipedia
Uzbekistan - material about Ebola virus on uzbek wikipedia

​Virusning inkubatsion muddati 21 kun. Hozircha aniq davosi topilmagan Ebola dunyodagi eng mudhish kasalliklardan biri sanalmoqda.

Hozirda ko‘plab mamlakatlar aeroportlarida Ebola tarqalishi oldini olish uchun nazorat kuchaytirilgan.

OzodWiki Sizga O‘zbekcha Vikipediyaning Gʻarbiy Afrikadagi ebola epidemiyasi maqolasini o‘qib chiqishni tavsiya qiladi.

Eslatib o‘tamiz, lotin yozuvida ochilgan maqola sarlavhasi ustida lotindan kirill yozuviga o‘tkazuvchi tugma mavjud.

Ozodlik radiosining ilmiy-ma‘rifiy dasturi – OzodWikining birinchi mavsumi joriy yilning 6 fevralida boshlanib, 22 mayida yakuniga yetgan edi.

Qisqa vaqt ichida OzodWiki rukni ostida berilgan materiallarning O‘zbekcha Vikipediyaga ijobiy ta‘sir qilayotgani kuzatildi.

OzodWiki eshittirishi boshlanganidan keyin ro‘y bergan o‘zgarishlarning barchasi aynan shu loyiha doirasidagi eshittirishlar boshlanganidan so‘ng yuz berdi.

2014-yil yanvar oyida O‘zbekcha Vikipediyaning bosh sahifasiga 20 368 marta tashrif qilingan bo‘lsa, shu yilning mart oyiga kelib bu ko‘rsatkich 56 274 ga yetdi. 2013-yil martida bosh sahifaga qilingan tashriflar soni 20 403 ni tashkil qilgan edi.

2014-yil aprel oyida bosh sahifaga qilingan tashriflar soni bo‘lsa 136 592 ni tashkil qildi. 2013-yil aprelida bosh sahifaga qilingan tashriflar soni 12 134 ni tashkil qilgan edi.

Maqolani tayyorlashda ko‘rsatgan ko‘magi uchun Wiki-ekspert Nodir Otayevga OzodWiki o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

XS
SM
MD
LG