Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 07:06

O‘zbekistonda bokiralikni tiklash amaliyoti necha pulga tushishi ma‘lum bo‘ldi


Ozodlik bilan suhbatda bo‘lgan ginekolog shifokorlar O‘zbekistonda ayollar orasida to‘ydan oldin bokiralik pardasini tiklashni so‘rab murojaat qiluvchilar ko‘payganini aytishmoqda. So‘nggi paytlarda O‘zbekistonda bokiralikni qayta tiklaydigan yashirin "klinika"lar soni ham ko‘paygan. Boshqa musulmon mamlakatlari qatori O‘zbekistonda ham bokiralik nikoh qurishning muhim shartlaridan sanaladi.Toshkentlik shifokorlarning aytishicha, to‘yi buzilishidan qo‘rqqan ayollar bokiraligini tiklash uchun 100-150 dollar sarflash kifoya.

Bokiralikni qayta tiklaydigan yashirin "klinika"lardan birida ishlovchi ismi sir qolishini istagan toshkentlik shifokorning aytishicha, bokiraligini yo‘qotgan ko‘plab ayollar to‘y kuni isnodga qolishdan qo‘rqib, og‘riqli plastik amaliyotlarga rozi bo‘lmoqda:

- Bu og‘riqli, o‘ta nozik amaliyot. Hamma shifokorlar ham qilolmaydi buni. So‘nggi paytda bokiraligini tiklashni so‘rab murojaat qilayotganlar, to‘g‘ri, ko‘paydi. Yosh-yosh qizlar kelishadi. Hozir, o‘zingiz bilasiz, yoshlar oldingiday emas, hayot o‘zgaryapti, hamma yoqda internet. Lekin, an‘analar o‘zgarmay qolyapti. Hamma bokira qizni olgisi keladi. Shuning uchun bokiraligini yo‘qotib qo‘ygan qizni hayoti barbod bo‘lmasligi uchun dugonalari yoki tanishlari chiqadi bizga. To‘y kunini aytishadi. Chunki, bu ko‘pincha to‘y kuni qilinadi, tikilgan iplar ochilib ketmasligi uchun ayollar operatsiyani shu kuni ertalabga belgilashadi, - deydi toshkentlik shifokor.

Toshkentlik boshqa bir shifokorning aytishicha, bokiralikni tiklash amaliyoti O‘zbekistonda 100-150 dollarga tushadi.

- Hozir ko‘p kelishadi. Bilmay shu ishni qilib qo‘ygani bor. Hayotida erkak kishini ko‘rmay bokiraligini yo‘qotganlari bo‘ladi, ular ham keladi. Kimdir, men senga uylanaman, deb aldab tashlab ketganlari bor. Shunaqalar ko‘p hozir, - deydi toshkentlik shifokor.

Boshqa musulmon mamlakatlari qatori O‘zbekistonda ham bokiralik nikoh qurishning muhim shartlaridan sanaladi.

Qizning bokira emasligi ko‘p hollarda to‘y kunining ertasi ajrashishlarga sabab bo‘ladi.

To‘y-ma‘rakalarga bosh-qoshlik qiladigan buxorolik faol Feruza opaning aytishicha, O‘zbekistonda bokiralik pardasiini tiklab erga tegib ketayotganlarning ko‘payishi ayni paytda ko‘pchilik erkaklarni ham xushyor torttirgan.

- Ko‘pincha kuyovlar to‘ydan keyin, uch to‘rt kundan keyin qo‘shiladi, kelinchak bilan. Uch-to‘rt kun ichida ip titilib ketadi, ochilib ketadi, u juda xrupkiy narsa, uch-to‘rt kunda plastik qildirgani bilinib qoladi, - deydi buxorolik Feruza opa.

Ayni paytda qizlar orasida bokiralikni saqlab qolish uchun jinsiy aloqaning bokiralikka shikast yetkazmaydigan boshqa usullaridan foydalanish ko‘paygani haqida ham gapirdilar Ozodlik suhbatdoshlari.

Bokiralik yuki" hujjatli filmi muallifi Umida Ahmedovaga ko‘ra, o‘zbek jamiyatida yoshlarni nikoh qurishlari uchun yondashuv o‘zgarmog‘i kerak.

- Yoshlar katta hayotga qadam qo‘yar ekanlar, turmushni yolg‘on, nosamimiylikdan boshlashmoqda. Turmush qurishni kelinni qizligini tekshirishdan boshlashmoqda. Bir-birini aldashdan boshlashmoqda. Qanday qilib hayotni nosamimiylikdan, yolg‘ondan boshlash mumkin. Odamlar turmush quryaptimi, ular hayotni bir biriga ishonishdan boshlashi kerak, shunday oila mustahkam bo‘ladi, - deydi Umida Ahmedova.

Shraq davlatlarida nikohgacha seks bilan shug‘ullanmaslik qizlar qatori erkaklarga ham taalluqlidir. Lekin, bu shartlar erkaklarga ko‘p ham majburiy, deb qaralmaydi.

- Ayni paytda hamma narsani qizlarga to‘nkab qo‘yish ham noto‘g‘ri. Masalaga bir yoqlama qarash kerak emas. Masalan, dinda aytilgan kuyov bola ham bokira bo‘lishi kerak, - Umida Ahmedova.

O‘z navbatida Umida Ahmedovaning "Bokiralik yuki" filьmi o‘zbek jamiyatida og‘ir olinganini eslash joiz.

Tojikistonda esa bokiralikni tiklash narxi - 350 dollar.

Tojikistonda bokiralik pardasini tiklashni so‘rab murojaat etuvchi ayollar ko‘paygani haqida kuni kecha Bi-Bi-Si O‘zbek hizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra¸ Tojikistonda bunday jarrohlik amaliyotining bahosi 200 dan 350 dollargachadir.

XS
SM
MD
LG