Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 17:44

O‘zbekistonda dori-darmon taqchillashdi​


O‘zbekistondagi aptekalarda zaruriy dori-darmonlarning taqchillashib ketgani kuzatilmoqda. Mutaxassislar O‘zbekistonda dori-darmon taqchilligi yuzaga kelishiga Rossiyada rubl qadri tushib ketganini sabab qilib keltirishadi.

Poytaxt Toshkent va viloyatlarda bemorlar so‘nggi haftalarda dori-darmon qidirib, sarson bo‘layotganliklarini aytishadi.

Toshkentliklardan biri 2 yanvar kuni Ozodlik bilan suhbatda “oddiy kasalga havo va suvdek zarur dori-darmonlar tanqislashgan”ini aytdi.

- Kantrikal, benspirin, akoidetrin kabi dorilarni so‘rab borsak "Yo‘q" deb, boshqa aptekaga yuborishadi. Unisiga borsak, boshqasiga yuborishadi. Avval bunaqa bo‘lmas edi. Hozir chetnikini o‘zimizda ishlangan zameniteli bor, haqiqiysi yo‘q, - deydi Toshkentning Uchtepa tumanida yashovchi Sharofat opa.

Ozodlik muxbiri bog‘langan Toshkentdagi bir qator dorixonalar xodimlari haqiqatan ham so‘nggi haftalar ichida dori-darmon assortimenti keskin kamayib ketganini tasdiqlashdi.

- Ko‘p dorilar, ayniqsa vitaminlar defitsit. Assortiment kamaydi. Otkazimiz ko‘paydi. O‘zimizda ishlab chiqilgan dorilar bor, chetdan olib kelinadigan qimmat dorilar kamayib ketdi, borlarini narxi ikki baravar oshib ketdi, - deydi Toshkentdagi dorixonalardan birining sotuvchisi.

Lekin ko‘pchilik apteka xodimlari taqchillik sababini bilmasliklarini aytishdi:

-Hozir tamojnyada ham turib qolyaptimi, kim biladi. Otdel snabjeniyadagilar bilishsa kerak. Lekin dori yetishmayapti, bilasiz bizda aholi ko‘p, kasal ko‘p, - deydi xorazmlik apteka xodimi.

Mutaxassislar O‘zbekistonda dori-darmon taqchilligi yuzaga kelishiga Rossiyada dollar va yevroning qurbi ko‘tarilganini sabab qilib keltirishadi.

- Optoviklar olib keladi uni hammasini. Chet el bilan aloqasi bor, dollarda konvertatsiyasi bor firmalar olib keladi, importniy dorilar asosan Rossiya orqali keladi. Hozir endi Rossiyada dollar, yevroni kursi ko‘tarilib, Rossiyani o‘zida ham chet elni dorilari kamayib qolgan. Bu yerda shuni ta‘siri bo‘lyapti, - deydi dori-dormon biznesi bilan shug‘ullanuvchi toshkentlik tadbirkorlardan biri.

Lekin Toshkentdagi xususiy dorixona egalaridan biri Qaxxor aka Rossiya orqali dori importining kamayishi ichki bozorga jiddiy ta‘sir etmasligini aytadi:

-Hozir O‘zbekistonda 137ta zavod bor. Shu zavodlarda dori chiqib yotibdi. Endi o‘rgangan ko‘ngil deb, ko‘pchilikka u yoqdan kelgani shirinroq ko‘rinadi. Hamma chetnikini xohlaydi, chetniki defitsit, to‘g‘ri. Lekin men bu soxada o‘ttiz yillik mutaxassisman, o‘zimizda ishlab chiqilayotgan dorilar chetnikini o‘rnini yuz foiz bosadi. Bizdagi zavodlarni hammasi GPM standardlaridagi zavodlar. Bizdagi Allapeninni butun SNG oladi. Sifatiga gap yo‘q. Men, masalan, davleniyamga shaxsan Toshkentda chiqadigan dorini ichaman. Qo‘limda ikki yarim ming xil dori bor. Toshkentni ming so‘mlik dorisini ichaman. Davleniyamni juda yaxshi tushiradi. Boshqa birovga aytsangiz ishonmaydi. U chetni ellik ming so‘mlik dorisini ichadi. Kallasiga singdirivogan, chetniki yaxshi deb, lekin o‘zimizniki qolishmaydi, hamma doriga zamenitelь bor, O‘zbekistonda chiqyapti, narxi arzon, o‘zi zo‘r, - deydi Qaxxor aka.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, hozir mamlakatdagi farmatsevtika sohasida faoliyat yuritayotgan 137ta korxonada 1300 dan ortiq turdagi dori mahsuloti ishlab chiqarilmoqda.

O‘zbekistonda har yili 400 million dollarlik dori sotiladi. O‘zbekiston ichki bozordagi farmatsevtika mahsulotlarning uchdan bir qismi mahalliy korxonalar hissasiga to‘g‘ri keladi. Qolgani Rossiya, Qozog‘iston va Ukraina orqali O‘zbekistonga eksport qilinadi. O‘tgan yili Rossiyadan O‘zbekistonga 60 million dollardan ko‘proq dori-darmon eksport qilingan.

XS
SM
MD
LG