Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:59

Xayrulla Hamidov: Yaqin orada jurnalistik faoliyatga kirishaman


Xayrulla Hamidov qarindoshlar davrasida
Xayrulla Hamidov qarindoshlar davrasida

11 fevral kuni ozodlikka chiqarilgan 40 yashar taniqli diniy voiz va futbol sharhlovchisi Xayrulla Hamidov 12 fevral kuni Ozodlik muxbiri Abdulla Iskandar bilan batafsil suhbatlashdi.

20 daqiqalik suhbat mobaynida Xayrulla Hamidov 5 yillik qamoqdan keyin ilk bor o‘z uyida uxlab Ozodlik ne‘matidan bahra olganligini ta‘kidladi.

Suhbatdosh o‘zining ozod bo‘lishiga hissa qo‘shgan barcha muxlislariga minnatdorchilik bildirdi va besh yil qamoq mobaynida chiqargan saboqlarini baën qildi.

Ozodlik bilan suhbatda Hamidov O‘zbekiston Konstitutsiyasi 22 yilligi munosabati bilan e‘lon qilingan amnistiyaga asosan ozodlikka chiqarilganini aytdi.

Хайрулла Ҳамидов билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:16:39 0:00
Бевосита линк

2010 yilning 21 yanvar kuni hibsga olingan Xayrulla Hamidov o‘sha yilning 27 may kuni Toshkent viloyat Jinoyat ishlari bo‘yicha sudi hukmi bilan "Jihodchilar" diniy-ekstremistik guruhiga aloqadorlikda aybdor, deb topilib, 6 yilga ozodlikdan mahrum qilgan edi.

Xayrulla Hamidovning qamalishini qator xalqaro tashkilotlar, jumladan, Hyuman Rayts Uotch, Xalqaro Amnistiya kabi tashkilotlar keskin qoralagan va uning ozodlikka chiqarilishini so‘rab kelaëtgan edi.

XS
SM
MD
LG