Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:06

Koreyadagi masjidga Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomi berildi


Janubiy Koreyadagi Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf masjidi.
Janubiy Koreyadagi Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf masjidi.

Janubiy Koreyaning Kojido orolida joylashgan masjid 10 mart kuni olamdan o‘tgan Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomini olgan diniy muassasaga aylandi.

Kojido orolidagi masjid bir oy muqaddam o‘zbekistonlik muhojirlar tomonidan ta‘sis etilgandi.

O‘zbekiston musulmonlar idorasi masjidga marhum Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf tavsiyasi bilan Nurulloh qori Ismoilovni imom-xatib etib tayinlagan.

Xabarlarga ko‘ra, Nurulloh qori uzoq yillar Toshkent oliy ma‘hadida dars bergan va Toshkentdagi turli masjidlarida imom-xatiblik qilgan.

Ikki yuz kishiga mo‘ljallangan masjidda asosan o‘zbekistonlik musulmonlar ibodat qilishadi, dedi Ozodlik bilan suhbatda masjid tashkiliy boshqaruvchisi.

Uning aytishicha, masjidga faqat O‘zbekiston musulmonlar idorasi ijozati bilan chop etilgan kitoblar keltirilgan.

Suhbatni tinglang.

Кореядаги ўзбеклар масжиди бошқарувчиси билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:20 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG