Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 11:01

Mafiyaga yaqin Husan Moskovskiy o‘z mulklarini boshqalar nomiga o‘tkazdi​


Husan (Moskovskiy) Ziyamuhammedov.
Husan (Moskovskiy) Ziyamuhammedov.

Jinoyat olamida Husan Moskovskiy, degan nom bilan tanilgan, bir qator jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanib, hibsga olingan va keyinchalik qo‘yib yuborilgan taniqli tadbirkor 58 yashar Husan Ziyamuhammedov o‘zininng O‘zbekiston ichkarisi va tashqarisidagi biznesi va mol-mulklarini boshqalarning nomiga o‘tkazib bergan. Ozodlikning bir-biridan mustaqil uch manbasi tasdiqlagan ma‘lumotga ko‘ra, Husan Moskovskiy 31 may kuni Latviyaga tergov eksperimenti maqsadida olib borilgan. U Latviyadagi o‘z biznes manfaatlarini uchinchi shaxs nomiga o‘tkazib bergan va sobiq jinoiy sheriklariga qarshi ko‘rsatma bergan, deya iddao qildi manbalar.

Husan (Moskovskiy) Ziyamuhammedovning ishiga doir yangi tafsilotlarni Ozodlikning huquq-tartibot organlaridagi manbasi ma‘lum qildi.

Ayni ma‘lumotni Husan Ziyamuhammedov va uning Toshkentda istiqomat qiladigan o‘g‘li Muzaffarga yaqin manbalar ham tasdiqladi.

Ozodlikning ishonchli manbalari iddaosiga ko‘ra¸ Husan Ziyamuhammedov uning ustidan ochilgan tergov ishi doirasida 31 may kuni ertalab Toshkent-Riga reysi bilan Latviyaga olib kelingan va mamlakat tashqarisidagi o‘z biznesini uchinchi shaxs nomiga notarius ishtirokida o‘tkazib bergan.

Ozodlikka gapirgan manbalardan biri Husan Ziyamuhammedovni uchoq ichida maxsus xizmat xodimlari qurshovida olib ketilganini o‘z ko‘zi bilan ko‘rganini bildirdi.

Мафияга яқин Ҳусан Московский ўз мулкларини бошқалар номига ўтказди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:08 0:00
Бевосита линк

Manbaga ko‘ra¸ Ziyamuhammedov O‘zbekiston va Latviya o‘rtasidagi huquqiy kelishuv bo‘yicha tergov eksprementi o‘tkazish uchun keltirilgan.

Marhum vor v zakone Ded Hasanning (Aslan Usoyan-tahr.) O‘zbekistondagi vakili sifatida ish qilgani aytiladigan Husan Ziyamuhammedov Latviyadagi o‘zbek tadbirkorlari va ularning ko‘chmas mulklari haqida ko‘rsatma bergani ham iddao qilindi.

Bu ko‘rsatmalar asosida Latviya hududida biznesi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari Yuriy Savinkov va Ovik Mkrtchyanlarga qarshi jinoyat ishi ochilganini iddao qildi Ozodlik manbalari. Bir-biridan mustaqil manbalar ilgari surgan iddaolarni rasmiylar tarafidan tasdiqlatishning imkoni bo‘lmadi.

O‘zbekiston prezidentining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova Turkiyaning “Hurriyat” va Britaniyaning “Guardian” nashrlariga bergan suhbatida Yuriy Savinkovni “MXX zobiti” deb atagan edi. Yana bir manbaga ko‘ra, Yuriy Savinkov O‘zbekiston MXXsi polkovnigi rutbasiga ega shaxs sifatida O‘zbekistonning Inetrpoldagi vakili ham bo‘lgan.

Ozodlikning huquq-tartibot organlaridagi manbalariga ko‘ra¸ Husan Ziyamuhammedov tergov eksprementi davomida o‘zining yaqin o‘tmishdagi "akaxonlari"ga qarshi ko‘rsatma bergan va o‘ziga tegishli mol-mulk va bizneslarni notarius orqali uchinchi shaxslar nomiga o‘tkazib bergan.

Husan Ziyamuhammedovning mol-mulki va biznesi kimning nomiga o‘tkazilgani Ozodlikka ma‘lum emas.

Ozodlikka ma‘lum bo‘lishicha¸ tergov eksprementi tugaganidan keyin Husan Ziyamuhammedov O‘zbekiston havo yo‘llari shirkatiga oid Riga-Toshkent reysi bilan iyun oyi boshida Toshkentga qaytarib olib kelingan.

Kuni botgan Husan Moskovskiy

Jinoyat olamidan habardor bo‘lgan Ozodlik manbalariga ko‘ra¸ Ovik Mkrchtyanning otasi Aslan Usoyan (Ded Hasan) bilan qamoqda birga o‘tirgan. Ovik Mkrchtyan Aslan Usoyanning tutingan o‘g‘li deya bilingan:

"Marhum vor v zakone Ded Hasan (Aslan Usoyan) ning O‘zbekistondagi vakili sifatida ish yuritgan Husan Ziyamuhammedovning Ovik Mkrchtyanga qarshi ko‘rsatma berishi ko‘chadagilarning (jinoyat olamining) nafratiga sabab bo‘ladi"¸ deydi Jinoyat olamidan habardor bo‘lgan Ozodlik manbasi.

Husan (Moskovskiy) Ziyamuhammedov joriy yilning 14 apel kuni so‘roq qilingan va shaharni tark qilmaslik sharti bilan hibsxonadan uyiga qo‘yib yuborilgan bo‘lsa ham uning pasporti qaytarib berilmayotgan edi.

O‘shandan keyin Husan Ziyamuhammedov yashayotgan uy MXXning maxsus guruhi tarafidan muttasil tashqi nazoratga olinganligi ham Ozodlikka ma‘lum.

O‘tgan oy Ozodlikning huquq-tartibot organlaridagi manbasi mana bularni bildirgan edi:

"Husan Ziyamuhammedov Rossiyaga iznsiz qishloq ho‘jalik mahsulotlari, jumladan, xo‘l meva jo‘natganlikda va noqonuniy valyuta oldi-sotdisini tashkil qilganlikda ayblanib, 6 aprel kuni vaqtincha qo‘lga olingan edi. Ammo 3 kundan keyin Ziyomuhammedov izolyatordan chiqarilib, uyiga qo‘yib yuborildi. 14 aprel kuni Ziyomuhammeyedov yana qo‘lga olindi. U mamlakatni tark qilmoqchi, degan ma‘lumot paydo bo‘lganidan keyin¸ maxsus guruh tarafidan Ziyomuhammedov qaytadan hibsxonaga keltirildi. Kuni-kecha Husan Ziyomuhammedov shaharni tark qilmaslik haqidagi tilxatga qo‘l qo‘yganidan keyin izolyatordan chiqarildi. Lekin pasporti tergovchilar qo‘lida qoldi. Ziyomuhammedov ustidan tergov davom etmoqda"¸ dedi Ozodlikning huquq-tartibot organlaridagi manbasi.

Marik va Obid Karam hibsda qolmoqda

Ayni paytda Husan Moskovskiyning hazinasiga oqayotgan ikki daromad daryosini nazorat qilib kelayotgan Marik va Obid Karam hibsda qolmoqda

Ozodlikning Toshkentdagi manbalari bu hibslarning ortida O‘zbekiston Milliy Xavfsizlik xizmati turganligini aytmoqda.

Manbalarimizga ko‘ra, jinoyat olamida “Marik”¸ “Marik-losharik” nomi bilan tanilgan va hozir hibsda qolayotgan toshkentlik Mark Bilenko Husan Ziyamuhammedovning tijoriy hamkoridir.

Mark Bilenko Husan Ziyamuhammedov bilan birgalikda 1993 yilda Toshkent viloyati Zangiota tumanida “Farvab” shirkatini tashkil qilgan. Shu bilan birga “Aste1” shirkati ham Bilenkoga oid ekani aytiladi.

Bu shirkatlar O‘zbekistonda ”Neobiknovennaya” arog‘ini qadoqlash va sotish monopoliyasiga ega bo‘lgan.

Ozodlik manbalarining aytishicha ”Neobiknovennaya” arog‘i Husan Ziyamuhammedovga daromad keltiruvchi asosiy ikki sohadan biridir.

Mark Bilenkoning qamoqqa olinishi Ozodlik manbalari nazarida Husan Ziyamuhammedovga katta moddiy zarar yetkazgan.

"Prokuratura 2003 yildayoq Mark Bilenko ustidan jinoiy ish ochgan edi. Bilenkoga oid ikki shirkatda taftish boshlanishi bilan Bilenko mamlakatdan qochib ketdi. Keyin bu masalaga Husan Moskovskiyning akaxonlari aralashib jinoyat ishi yopildi¸ muammolar bosti-bosti bo‘ldi. Ana shundan keyin Mark Bilenko O‘zbekistonga qaytib kelib yana o‘z ishini davom ettirgan edi. Lekin bu safar Marik hali-beri qamoqdan chiqmasa kerak"¸ deydi Ozodlik manbasi.

Husan Ziyamuhammedovning "boylik dengizi"ga quyiladigan ikki daryodan yana biri qishloq ho‘jalik mahsulotlarini eksport qilish sohasidir.

Husan Ziyamuhammedovning bu sohani nazorat qiladigan o‘ng qo‘li Obid Bahromov ham aprel boshidan beri hibsda qolmoqda.

Jinoyat olamida “Obid karam” nomi bilan tanilgan Obid Bahromov Rossiyaga qishloq ho‘jalik mahsulotlarini eksport qilish bilan shug‘ullanib kelgan.

Tepasida Husan Moskovskiy tuzgan bu piramida tamalida Mark Bilenko va Obid Bahromovlarning qamoqqa olinishi ortida, Ozodlikning huquq-tartibot organlaridagi manbalariga ko‘ra, “samarali biznesning qo‘ldan-qo‘lga o‘tish” amaliyoti yotibdi.

"Bu muvaffaqiyatli va daromadli biznes faqat bir odamning monopoliyasi bo‘lib qolgan edi. Obid Karam selxozeksport bilan¸ Marik aroq ishlab chiqarish bilan shug‘ullanardi. Moskovskiy bularga "krisha" edi. Masalan, Obid karam o‘zicha eksportni amalga oshira olmas edi. Mahsulotlar karvonining bexatar Rossiyaga borishini va Ozarbayjon biznesmenlari tarafidan predoplataning (oldindan pul to‘lash) kechikmasligini Moskovskiy ta‘minlar edi. Bu samarali biznes endi boshqalar qo‘liga o‘tadi. Tizim qoladi. Lekin ega o‘zgaradi. Bu ega Husan ham, Marik ham, Obid karam ham bo‘lmaydi"¸ dedi Ozodlik manbasi. Lekin u yangi eganing kimligini aytmadi.

Qudratli quda va MXXdagi akaxonlarga zarba

Husan Ziyamuhammedovning vaqtincha qo‘lga olinishi va uning atrofidagilar ustidan jinoyat ishi ochilib, qamoqqa olinishi O‘zbekistondagi yana bir kriminal avtoritet Salim Abduvaliyevga qarshi qaratilgan zarba sifatida ko‘rilmoqda.

Husan Ziyamuhammedov va Salim Abduvaliyevni qarindoshlik iplari bog‘lab turadi.

O‘tgan yili kriminal avtoritet Salim Abduvaliyev nabirasining yana bir kriminal avtoritet Husan Ziyamuhammedov oilasiga kelin bo‘lib tushgani jinoiy tizimlarning o‘zaro qarindoshlik rishtalari bilan bog‘lanib kuchayganiga misol o‘laroq talqin qilingan edi.

XS
SM
MD
LG