Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 01:46

Moskva turk shirkatlariga Rossiyada qurilishda ishlashni taqiqladi


Rossiya hukumati qabul qilgan qarorga binoan 2016 yilning 1 yanvaridan boshlab turk shirkatlari Rossiyada qurilish, me’moriy va muhandislik loyihalash, turizm, davlat ehtiyojlarini ta’minlash hamda yog‘ochni qayta ishlash sohalarida ishlashi mumkin emas.

Bu haqda hukumat saytida xabar qilindi. Unda aytilishicha, joriy etilgan taqiq shartnomalarini 30 dekbargacha imzolagan turk shirkatlariga taalluqli emas.

Bu Turkiyaga qarshi Rossiya e’lon qilgan sanksiyalarning birinchisi emas.

Bosh vazir Dmitriy Medvedev 1 dekabrda Turkiyaga nisbatan joriy qilingan sanksiyalar ro‘yxatini tasdiqlagan edi.

Hukumat rasmiy saytida e’lon qilingan ro‘yxatda Turkiyadan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotib olish 1 yanvardan taqiqlanishi nazarda tutilgan.

Moskva va Anqara o‘rtasidagi munosabatlar turk harbiylari tomonidan 24 noyabrda rus harbiy samolyoti urib tushirilganidan so‘ng yomonlashib bormoqda. Anqara Suriyada harbiy amaliyotni o‘tkazayotgan rus samolyoti Turkiya chegarasini buzib o‘tgani uchun urib tushirilganini bildirmoqda. Rossiya esa bu bildiruvni inkor qilib, samolyot Suriya hududida turk harbiylari tomonidan urib tushirlganini iddao qilayotir.

XS
SM
MD
LG