Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:29

Ukraina Rossiyadan oziq-ovqat keltirishni 10 yanvardan taqiqlaydi


Ukraina 10 yanvardan Rossiyada yetishtirilgan oziq-ovqat maxuslotlari importiga taqiq joriy etmoqda.

Bu Moskva joriy etgan jazo choralariga Kievning javobidir.

2 yanvar kuni Ukraina hukumati saytida Rossiyadan importi taqiqlanadigan mahsulotlar ro‘yxati e’lon qilindi.

Taqiqlangan maxsulotlar sirasiga meva, sabzavot, go‘sht, sut va sut mahsulotlari kiradi.

Ayni paytda yil boshidan Ukraina va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi Erkin savdo hududi borasidagi bitim kuchga kirdi.

Ayni bitim doirasida Ukrainaga kiritiladigan YeI maxsulortlariga boj miqdori bosqichma-bosqich kamaytiriladi yoki umuman bekor qilinadi.

XS
SM
MD
LG