Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:00

Isroilda falastinliklarga o‘t qo‘ygan radikal yahudiylarga ayblov bildirildi


Isroilda falastin oilasi yashayotgan uyga o‘t qo‘ygan ikki radikal yahudiyga 3 yanvar kuni ayblov bildirildi.

Tel-Aviv yaqinidagi Lod shahar sudi 21 yoshli Amiram bin Ulielni irqiy nafrat tufayli odam o‘ldirishda, balog‘atga yetmagani uchun nomi aytilmayotgan yana bir yahudiyni jinoyatga sheriklikda ayblamoqda. Ular o‘zlariga bildirilgan ayblovni tan olgan.

2015 yilning 31 iyulida Falastin hududidagi qishloqlardan biriga ko‘chirilgan yahudiy ekstremistlar Iordan daryosining g‘arbiy sohilidagi Duma qishlog‘ida falastin oilasi yashayotgan uyga o‘t qo‘ygan. Yong‘in oqibatida uch falastinlik, jumladan, bir yarim yoshli chaqaloq yonib ketgan. 4 yoshli yana bir falastinlik esa haligacha hushiga kelmay kasalxonada saqlanmoqda.

Isroil hukumati mazkur jinoyatni terrorchilik harakati sifatida baholamoqda. Mazkur jinoyat falastinliklarning noroziligiga sabab bo‘lgan va ko‘chalarda yahudiylarga nisbatan zo‘ravonliklar ko‘paygan edi.

Falastinlikning uyiga o‘t qo‘yganlikda ayblanayotganlar 3 dekabr kuni qo‘lga olingan.

XS
SM
MD
LG