Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:13

Putin: Rossiya Bashar Assadga boshpana berishi mumkin, agar u o‘z mamlakatini tark etishga majbur bo‘lsa


Moskva Suriya Prezidenti Bashar Assad o‘z mamlakatini tark etishga majbur bo‘ladigan taqdirda, unga boshpana berishi mumkin, deya ta’kidladi Rossiya Prezidenti Vladimir Putin.

Kreml rahbari Germaniyaning “Bild” gazetasiga bergan inetrvyuning ikkinchi qismi 12 yanvar kuni chop qilindi. “Biz janob Snuodenga boshpana berdik, bu esa Assadga boshpana berishdan ko‘ra qiyinroq masala edi”, dedi Putin. Nemis jurnalistlari bilan muloqoti chog‘ida Putin 2013 yilda maxfiy ma’lumotlarni sizdirishi ortidan Rossiyadan boshpana olgan AQSh Milliy xavfsizlik agentligining sobiq xodimi Edvard Snoudenni nazarda tutib gapirdi.

Shu bilan birga Putin mojaro ishtirokchilari tomonidan ma’qullangan tinchlikka erishishga doir yo‘l xaritasi doirasida Assadning Suriyani tark etishiga ehtiyoj paydo bo‘lishi to‘g‘risida gapirish hali erta ekanini ta’kidladi.

“Avval Suriya aholisi ovoz berishi kerak, undan keyin Assad saylovni boy beradigan bo‘lsa, mamlakatni tark etishiga ehtiyoj bo‘ladimi, yo‘qmi o‘shanda ko‘ramiz”, dedi u.

Putin Assadning “mojaro davomida ko‘plab xatoliklarga yo‘l qo‘yganini” tan oldi. Lekin, deya qo‘shimcha qildi u, “Suriyadan tashqaridagi kuchlar qurol, pul va jangarilarni jo‘natib, olovga moy quymaganda, mojaro bunchalik kattalashib ketmas edi”.

XS
SM
MD
LG