Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:04

BahsOnline: Qarindoshlar orasidagi nikohni qonunan taqiqlash kerakmi?


BahsOnlinening bu galgi sonida yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning qanchalik to‘g‘riligi va bunday nikohlarning ijobiy yoki salbiy tomonlari muhokama qilinadi. Agar siz ham bu bahsga qo‘shilmoqchi bo‘lsangiz 10 fevral, chorshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 19.05dan keyin OzodlikOnline, OzodSkype, OzodOvoz Skayp manzillariga bog‘laning.

Tojikistonda qarindoshlar orasida nikoh qonun bilan taqiqlandi.

Bundan so‘ng aka-ukalar, opa-singillarning quda bo‘lishiga qonun ruxsat bermaydi.

Bunday odatni man qilish tarafdorlari ota-onasi yaqin qarindosh bo‘lgan bolalarda tug‘ma nuqsonlar va irsiy kasalliklar ko‘proq uchrashini aytishmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, Tojikistonda 25 300 nafar nogiron bola qayd etilgan. Ularning 30-35 foizi bir-biri bilan yaqin qarindosh bo‘lgan ota-onalarning farzandlaridir.

O‘zbekistonda ham yaqin qarindoshlarning quda-anda bo‘lishi odatiy hol hisoblanadi. Tog‘a, amakining qiziga uylangan yoki o‘g‘liga turmushga chiqqan holatlar juda ko‘p uchraydi.

O‘zbekistonlik shifokorlar ham yaqin qarindoshlarga uylanmaslikni tavsiya qiladi.

Balki, O‘zbekistonda ham yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohga taqiq qo‘yish kerakdir?

Agar siz ham bu bahsga qo‘shilmoqchi bo‘lsangiz 10 fevral, chorshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 19.05dan keyin OzodlikOnline, OzodSkype, OzodOvoz Skayp manzillariga bog‘laning.

Savollaringizni, sharh sifatida qoldirishingiz, shuningdek, sadriddin61@gmail.com elektron pochta manziliga ham yuborishingiz mumkin.

XS
SM
MD
LG