Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:13

BahsOnline: Xavfsizlik uchun shaxsiy daxlsizlikdan voz kechishga rozimisiz?


BahsOnlinening bu galgi sonida O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligiga xorijdan boradigan kuryerlik jo‘natmalarini tekshirish huquqi berilishiga o‘zbekistonliklarning munosabatlari munozara qilinadi. Agar siz ham bu bahsga qo‘shilmoqchi bo‘lsangiz 24 fevral, chorshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 19.05dan keyin OzodlikOnline, OzodSkype, OzodOvoz Skayp manzillariga bog‘laning.

O‘zbekistonda xorijdan borayotgan kuryerlik jo‘natmalarini kuch-ishlatar tuzilmalari tezkor-qidiruv bo‘linmalari xodimlarining tekshirishiga ruxsat berish haqida qonun loyihasi tayyorlangan.

Bu haqda hukumatning “Tezkor qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi qonunga tegishli o‘zgartishlar kiritish haqidagi qarori e’lon qilingan.

Jumladan, Sputniknews-uz.com sayti O‘zbekiston Bosh prokuraturasidan: “Kiritilishi kerak bo‘lgan o‘zgartirishlar, internet orqali faoliyat yuritayotgan jinoiy guruhlar faoliyatini oldini olishga yordam berishi kerak”, degan iqtibosni keltirdi.

Shu tariqa, O‘zbekiston hukumati navbatdagi qarori bilan kuch ishlatar tuzilmalari operativ-qidiruv bo‘linmalariga kuryerlik jo‘natmalarini tekshirish haqqini berish orqali bir tarafdan ekstremistik materiallarni to‘xtatib qolishni ko‘zlayotgani, ikkinchi tarafdan yildan-yilga hajmi oshib borayotgan Internet orqali noqonuniy savdo oqimini nazorat qilish niyatini ta’kidlamoqda.

Ammo O‘zbekiston Konstitutsiyasining 27 moddasida “Hech kim qonun nazarda tutgan hollardan va tartibdan tashqari birovning turar joyiga kirishi, tintuv o‘tkazishi yoki uni ko‘zdan kechirishi, yozishmalar va telefonda so‘zlashuvlar sirini oshkor qilishi mumkin emas”, deb yozilgan.

Shaxsiy jo‘natmalarga hukumatning aralashuvini istamaydiganlar fikricha, huquq idoralarining bu jo‘natmalarni tekshiruvdan o‘tkazishi inson huquqlarining buzilishi hisoblanadi.

Hukumat esa bu tekshiruvlar xavfsizlik chorasi sifatida amalga oshiralajagini ta’kidlaydi.

Xo‘sh, siz hukumat aytayotgandek xavfsizlik uchun o‘zingizning konstitutsiyaviy huquqlaringiz buzilishiga rozi bo‘larmidingiz?

Ayni paytda amalda bo‘lgan “Tezkor qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi 2012 yilgi qonunga binoan tezkor-qidiruv faoliyati doirasida faqat pochta jo‘natmalarini tekshirishga ruxsat berilgan.

Agar siz ham bu bahsga qo‘shilmoqchi bo‘lsangiz 24 fevral, chorshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 19.05dan keyin OzodlikOnline, OzodSkype, OzodOvoz Skayp manzillariga bog‘laning.

Savollaringizni, sharh sifatida qoldirishingiz, shuningdek, sadriddin61@gmail.com elektron pochta manziliga ham yuborishingiz mumkin.

XS
SM
MD
LG