Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:53

Peterburgda o‘zbek muhojiri hamyurtini chavaqladi


Peterburgning Krasnogvardeyskiy tumanidagi universamlaridan birida ikki nafar qo‘riqchi o‘rtasida kelib chiqqan janjal birining chavaqlanishi bilan yakunlandi. O‘zbekiston fuqarolari ekani aytilayotgan muhojirlardan biri og‘ir ahvolda shifoxonaga, ikkinchisi kishanlangan holatda tergov izolyatoriga jo‘natildi. Politsiya oxirgi paytlarda sovuq qurol ishlatilishi oqibatida jarohat olayotgan mehnat muhojirlari soni ko‘payib borayotganini qaydga olmoqda.

Sankt-Peterburgning Krasnogvardeyskiy tuman politsiyasi Kosigina ko‘chasida joylashgan “Narodniy” universamida ikki o‘zbek muhojiri janjali yuzasidan tergov-surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Hodisa tafsilotlarini Ozodlikka gapirib bergan Olga Kessennix o‘z hamyurtini pichoqlagan migrantga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.

Politsiya xodimasi 25 fevral kuni universam hududida soat kunduzgi 4-larda sodir bo‘ldi, dedi:

- Bizdagi ma’lumotga ko‘ra, ulardan biri juda og‘ir ahvolda shifoxonaga olib ketildi. Kecha jinoiy ish qo‘zg‘atilish masalasi ko‘tarilgan edi, bugun Jinoyat Kodeksining 111 moddasi asosida ochilgani ma’lum bo‘ldi, dedi Olьga Kessenix.

Politsiya xodimasiga ko‘ra, “Narodniy” universamida qo‘riqchi bo‘lib ishlab kelgan 22 yoshli xorij fuqarosi o‘zining 36 yoshli hamyurti bilan hozircha aniqlanmagan sabab asosida janjallashib qoladi. Hodisa guvohlari yoshi kattaroq bo‘lgan muhojir yoshroq hamkasbiga o‘zbek tilida nimanidir isbotlab berishga uringan. Biroq, 22 yoshli yigit uni quloq solmasdan, qo‘ynidan pichoq olib hamyurti ko‘kragiga solgan.

O‘zbekistonlik jabrlanuvchi o‘ta og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi.

Ozodlik so‘roviga politsiyada o‘pka qismi pichoq bilan teshilgan 36 yoshli muhojir Peterburg shifoxonalaridan birida reanimatsiya bo‘limida qolayotganini bildirishdi.

Mahalliy patrul-post xizmati xodimlari ismi oshkor etilmayotgan 22 yoshli o‘zbekistonlik yigitni do‘kon ichidayoq hibsga oldi. Bu shaxs 2016 yilning may oyigacha shaharda qaydda turgani va shaharda rasman ishlab kelgani ma’lum bo‘ldi.

Gumonlanuvchi sud qarori bilan tergov yakuniga qadar hibsga olindi.

Ozodlik so‘nggi paytlarda aynan pichoqlashishi oqibatida og‘ir jarohat olayotgan yoki nobud bo‘layotgan o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari soni ko‘payib borayotgani to‘g‘risida xabarlar olmoqda.

Bundan biroz oldinroq, 12 fevral kuni, soat 23:00-larda Sankt-Peterburgning “Mejdunarodnaya” metro bekatida qorni va oyoq qismidan pichoqlab ketilgan O‘zbekiston fuqarosi Janelidze nomidagi tibbiyot institutiga olib ketilgan edi.

26 yoshli Sherzod A. ekani aytilgan bu mehnat muhojiri og‘ir ahvolda metro vestibyulida mahalliy yo‘lovchilar tomonidan aniqlangan. Keyinroq pichoqlaganlar Tojikiston fuqarolari ekani aytildi.

Peterburg prokuraturasiga ko‘ra, tojikistonlik yigit ikki nafar sherigi bilan o‘zbekistonlik muhojirni kaltaklab, undan charm kurtka va mobil telefonini tortib olgan. Orqasidan “Mejdunarodnaya” bekatigacha quvib borgan Sherzod metro bekatining eskalator yonida bezorilar tomonidan pichoqlangan.

Politsiya kuzatuv kameralarini ko‘rib chiqayotgani va bu jinoyatga aloqador shaxslar borasida ortiqcha ma’lumot berganicha yo‘q.

Peterburgda 2016 yilning 1 yanvarida o‘z erini so‘yib qo‘yganlikda ayblanayotgan 29 yoshli o‘zbekistonlik Intizor Qo‘chqorovaga nisbatan jinoiy ish tergovi davom etmoqda. Mast holatda bo‘lgani aniqlangan bu ayol 1979 yilda tug‘ilgan eri bilan boshlangan janjal paytida unga pichoq urganlikda ayblanmoqda.

O‘tgan yilning 25 noyabrida esa Peterburgning Kolpino tumanida bo‘yin va yuragiga pichoq sanchilgan 30 yoshli yana bir O‘zbekiston fuqarosi aniqlangan edi. Jabrlanuvchi muhojir hushiga kelmasdan shifoxonada jon taslim qilgandi.

XS
SM
MD
LG