Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:25

Rossiyada ukrain shoiri Taras Shevchenko yashagan tarixiy uy buzib tashlandi


Rossiyada tarixiy yodgorlikni buzib, uni avtomobillar turadigan joyga aylantirishdi.

Ukrain rasmiylari taniqli ukrain shoiri hamda rassomi Taras Shevchenko 1849 yili quvg‘indaligida yashagan uy 2015 yilning yozida buzib tashlanganidan yaqinda xabardor bo‘lishdi. Orenburg shahrining Shevchenko ko‘chasida joylashgan kichik uyni mahalliy bank buzib, o‘rniga o‘z mijozlari uchun avtomobil turuvchi joy qurgan.

Maxfiy siyosiy tashkilotga a’zo bo‘lgani va o‘z qarashlaridan voz kechishdan bosh tortgani uchun Shevchenkoni imperator Nikolay I Rossiya janubida joylashgan Orenburg shahriga majburiy harbiy xizmat o‘tish uchun yuborgan. Rossiya Shevchenko 1849 yili yashagan kulbani hali ham tarixiy yodgorlik deb hisoblab kelgan. Kulba Rossiyaning tarixiy obidalari kiritilgan ro‘yxatdan joy olgan.

Ukraina madaniyat vazirligi 25 fevral kuni e’lon qilgan bildiruvda Ukraina ushbu masala yuzasidan YuNESKO hamda Yevropa kengashiga arzlanishi aytiladi.

“Rossiya hukumati tomonidan yodgorlikni saqlab qolish uchun hech qanday chora ko‘rilmagani hamda bu jinoyat uzoq paytdan berib ko‘rib chiqilmagani Rossiyaning mamlakatdagi ukrainlar tarixi va madaniyatiga qarshi olib borayotgan repressiv siyosatining qo‘shimcha isbotidir”, deyiladi bildiruvdi.

Mahalliy matbuotda shahar turg‘uni arzlanganidan keyin rasmiylar jinoiy ish qo‘zg‘agani haqida xabar qilindi.

Ammo TASS axborot agentligiga ko‘ra, Orenburg viloyati madaniyat vazirligining ismi oshkor qilinmagan manbasi Shevchenko yashagan kulba hech qachon tarixiy yodgorliklar ro‘yxatiga kiritilmasligi kerak edi, degan.

“Mutaxassislar respublika bo‘yicha tarixiy ahamiyatga ega yodgorlik sifatida hukumat qaroviga olingan bu ob’ektda tarixiy va madaniy o‘zgachalik bo‘lmaganini aniqlashdi. Shoir bu uyda hech qachon yashamagan”, degan manba.

Madaniyat vazirligi xodimi 2011 yil mahallliy rasmiylar kulbani tarixiy obidalar ro‘yxatidan chiqarishga uringanini, lekin omadlari chopmaganini qo‘shimcha qilgan.

Shevchenko zamonaniy ukrain adabiyotining asoschilaridan biri hisoblanadi. Shoir 1847-1850 yillarda Orenburg viloyatida surgunda yurgan. Orsk shahrida san’atkor ijodiga bag‘ishlangan muzey bo‘lib, U yerda shoir chizgan rasmlarning nusxalari saqlanadi.

2016 yil Orenburgda shoirning tavallud ayyomiga bag‘ishlangan “40-Shevchenko marshi” festivali bo‘lib o‘tadi.

XS
SM
MD
LG