Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:20

Tojikiston va Rossiya harbiylari qo‘shma harbiy mashg‘ulot o‘tkazadi


Tojikiston janubidagi Xatlon viloyatida Rossiya va Tojikiston harbiylari ishtirokida qo‘shma harbiy mashqlar bo‘lib o‘tadi. Tojikiston rasmiylarining ma’lum qilishicha, 2 ming rossiyalik va o‘n minglab tojikistonlik harbiylar ishtirokidagi terrorga qarshi harbiy mashg‘ulotlar 15-20 mart kunlari Xatlon viloyatining Afg‘oniston chegaralariga yaqin beshta harbiy bazasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Harbiy mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun Rossiya Ulyanovsk va Ivanovo shaharlaridan yakshanba kuni 150 nafar havo desantchilari keltirilgan.

Desantchilar, Tojikiston Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, harbiy mashg‘ulot chog‘ida desantchilar parashyutlarda "noma’lum nuqtaga tashlanib, tog‘ sharoitida ularga berilgan vazifani bajarishlari kerak bo‘ladi".

Rossiya harbiylari jihozlari maxsus yuk uchoqlarida payshanba kuni Tojikistonga keltirilgan edi.

Bo‘lajak mashg‘ulotda zaxiradagi 50 ming askar, 250 dona tank va zirhli ulov, 20ta yuk, qiruvchi va bo‘mbardimon uchoqlari, 12 dona vertolyot va pilotsiz uchoqlari jalb etiladi.

Ushbu yirik mashqlarda 2 ming rossiyalik ishtirok etishi xabar qilingan.

Tojikiston mudofaa vazirligi ushbu mashqlardan asl maqsad favqulodda holatda terrorchi guruhlarga qarshi kurash ekanini bildirdi.

Harbiy mashqlar otishmalar bilan boshlanib, Xatlon viloyatidagi beshta - “Harbmaydon”, “Sunbula”, “Mumirak”,“Halqayor” va “Lohur” harbiy poligonlarida davom etadi.

Tojikiston janubiy Xatlon viloyati Afg‘oniston shimoliy viloyatlari bilan chegaradosh.

Afg‘oniston shimoli va shimoli-sharqidagi Taxor, Qunduz va Badaxshon viloyatlari oxirgi oylarda Tolibon va "Islomiy davlat" kabi guruhlar faollashgan mintaqalarga aylandi.

Tojikiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi mushtarak chegara uzunligi 1400 kilometrni tashkil etadi.

XS
SM
MD
LG