Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:59

Tog‘li Qorabog‘da ilk bor kamikadze dronlardan foydalanildi


Hafta boshida Tog‘li Qorabog‘da yuzaga kelgan to‘qnashuvlar davomida dronlarning yangi turi, ya’ni kamikadze dronlardan foydalanildi.

4 aprel kuni Ozodlik radiosi arman xizmati muxbiri Karen Chilingaryan 4 aprel kuni Tog‘li Qorabog‘da olgan videoda harbiy drondan foydalanilganini kuzatish mumkin. Kuzatuvchilarning ta’kidlashicha, videodagi dron Isroilda ishlab chiqariladigan Harop rusumli drondir.

Videoda dronning havodan o‘ziga xos tovush chiqarib uchib o‘tganini va birdaniga tepalik ortiga sho‘ng‘iganini ko‘rish mumkin.

Keyinroq Armaniston Mudofaa vazirligi mojaro joyiga ko‘ngillilarni olib ketayotgan avtobusga Ozarbayjon droni hujum qilganini, natijada yetti nafar odam halok bo‘lganini bildirdi.

Тоғли Қорабоғда илк бор камикадзе дронлардан фойдаланилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:37 0:00

Keyingi yillarda dronlar ancha mukammallashdi. Hozirgi kunda ulardan nazorat qilishdan tortib, harbiy hujumlarni amalga oshirishgacha foydalanilmoqda.

AQSh “Al-Qoida” kabi terror guruhlariga qarshi kurashda dronlardan keng qo‘llanib keladi.

Hozirgi kunda asosan, AQShda ishlab chiqariladigan dronlar shuhrat qozongan bo‘lsa-da, Isroil, Rossiya va boshqa bir qator mamlakatlar harbiy amaliyotlarda foydalanish va eksport qilish uchun zo‘r berib o‘z dronlarini ishlab chiqarmoqda.

Harbiy hujum uchun mo‘ljallangan dronlarning aksariga havodan quruqlikka o‘q otuvchi moslama o‘rnatiladi. Amerikada ishlab chiqariluvchi Hellfire droni bunga yaqqol misoldir.

Jane’s Defence Weekly haftalik jurnali tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, Harop droniga 15 kg portlovchi moddasi bo‘lgan kallak o‘rnatiladi. Bu dron kamikadze amaliyotlar uchun mo‘ljallangan.

O‘tgan yili Harop dronlarini ishlab chiqaruvchi Israel Aerospace Industries shirkati bunday dronlarni ismi oshkor qilinmagan mijoz uchun sinayotganini bildirgan edi. Jane’s Defence Weekly jurnalida kuni kecha chop etilgan maqolada o‘sha mijoz Ozarbayjon ekanligi oshkor bo‘lgani ta’kidlangan.

Ozodlikning Israel Aerospace Industries shirkatining Shimoliy Amerikadagi ofisi bilan aloqaga chiqishga qaratilgan urinishlari hozircha natija bergani yo‘q.

XS
SM
MD
LG