Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 21:25

44 foiz rossiyalik Putinning korrupsiyaga qarshi kurashishiga ishonmayotir


Rossiya fuqarolari o‘z mamlakatlarida korruptsiya darajasi G‘arbga nisbatan yuqoriroq ekaniga ishonadi. “Levada-markaz” olib borgan so‘rov natijalariga ko‘ra, ruslarning aksar qismi bu illatga hokimiyatdagi barcha amaldorlar duchor bo‘lgan, degan fikrda. Ular bu poraxo‘rlikni “hatto Putin” yo‘q qilishiga ishonmayotir.

“Levada-markaz” olib borgan so‘rovda ishtirok etgan rossiyaliklarning deyarli yarmisi (44%), prezident Vladimir Putin korrupsiyaga qarshi kurashda g‘alaba qozona olishiga shubha bildirdi va korruptsiya “barham topmasligi”ni qayd etdi.

Rossiyaliklarning korruptsiya bo‘yicha fikrlariga oid ushbu ko‘rsatkich 2012 yildan buyon eng yuqori ko‘rsatkich ekani ta’kidlanayapti.

Ayni paytda, so‘rovda ishtirok etgan 19 foiz rossiyalik Putin korrupsiyaga qarshi kurashda “poraxo‘r amaldorlarga tayanib qolgani” bois uni yenga olmasligini qayd qilgan. Yana 8 foiz ruslar prezident Putin korruptsiyaga qarshi kurashmasligi, zero u “o‘zi korruptsiyadan manfaatdor ekani”ni ma’lum qildi.

Savol-javobda ishtirok etgan Rossiya fuqarolarining 36 foizi mamlakatda korrupsiya illati G‘arb davlatlariga nisbatan ancha yuqori degan fikrda. Tadqiqot natijasida rossiyaliklar orasida 2001 yildan buyon Rossiyada poraxo‘rlik ko‘lami kengayganiga ishonch shakllangani aniqlandi.

Ekspertlar savollariga javob berganlarning 62 foizi korruptsiyaga qarshi kurashish zarurligini aytsa, 5 foiz fuqaro “pora berish yoki olish ayrim hollarda foydali ekani”ni qayd etgan.

Vladimir Putinning korruptsiya ofatini enga olishiga 25 foiz rossiyalik ishonch bildirdi.

2016 yilning fevralida “Levada” mutaxassislari olib borgan so‘rov davomida “Putin hokimiyat egalari orasidagi korrupsiya ko‘lami uchun javobgarmi?” savoliga 26 foiz respondent “To‘liq”, 40 foizi esa “Qisman” deya javob qaytargan. 9 foiz rossiyalik bu savolga “Yo‘q!” deb javob bergan.

XS
SM
MD
LG