Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:08

Chinozlik Ahmadboy xalq og‘zaki ijodida: "Ahmad-shaxmat, otangga ming rahmat"


Ahmadboy hibsga olinganiga oid Eltiuz.com karikaturasi
Ahmadboy hibsga olinganiga oid Eltiuz.com karikaturasi

Olmos botir va egri to‘g‘rilar hikoyalari vasf qilingan o‘zbek og‘zaki ijodi O‘zbekistonda moliyaviy piramida qurgani ortidan hibsga olingan Ahmadboy haqidagi qo‘shiq¸ latifa va topishmoqlar bilan boyigani kuzatilmoqda.

Oldin og‘izdan-quloqqa etadigan cho‘pchagu-rivoyatlar zamonaviy texnologiya asri imkoniyatlari vositasida dunëning to‘rt tomonida yashaydagan o‘zbekistonliklarga yashin tezligida borib yetmoqda.

Qaytarib bergino pullarimizni..

Muhabbat ismli ayolning o‘z qizalog‘i bilan birga Ahmadboyga bag‘ishlab aytgan qo‘shig‘i ijtimoiiy tarmoqlarda xitga aylandi. “Soy bo‘yida yurgan” yigit degan xalq lapari

Chinoz bo‘yida-yo yurgan yigit,

Inomarkalrni mingan yigit¸

Pullarimizniyo olgan yigit-o,

Qaytarib bergin-o pullarimizni.

Pullarimizniyo olgan Ahmadboooy

Qaytarib bergin-o pullarimizni.

Ahmadboydan pul qaytarilishi so‘ralgan bu qo‘shiqning davomi o‘zgarishsiz qolgan bo‘sa ham izstehzo kabi yangraydi.

Chunki hayotda inomarkalardan tashqari oq ot minishni ham yoqtirgan Ahmadboy nafaqat pul balki oltin bilaguzuklarni ham ustama foiz va’dasi bilan olgan.

Oq otingga-yo yol bo‘layin,

Oq yuzingga-yo xol bo‘layin,

Yoring yo‘qdir, yor bo‘layin,

Endi bergin bilaguzugim.

Ahmadboy Aldar ko‘sani yo‘lda qoldirdi

O‘zbek latifalarining bosh qaxramoni asosan Nasriddin Afandi edi.

Mamlakatning g‘arbiy viloyatlarida esa odamlarni boplab aldaydigan Aldar ko‘sa latifalari mashxur.

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarning o‘zbeklar faol bo‘lgan qismida Ahmadboy haqida latifalar urchidi.

Bu latifalarning achchiq istehzo bilan sug‘orilgani ko‘zga tashlanadi.

- Ahmadboyga yetti yil srok berishibdi. Ahmadboy sudga yetti yildan keyin 14 yil qilib qaytarar ekan.

***

-Bitta kampir o‘z teshik tog‘orasini Ahmadboyga bergan ekan. Ahmadboy bir yildan keyin tog‘orani qaytaribdi. Kampir qarasa, tog‘oraning teshigi ikkita bo‘lib qolibdi.

***

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha¸ shu kunlarda chinozliklar orasida “Ahmadboyni obketishibdi¸ bir yildan keyin ikkita qilib qaytarisharmish”, degan gap yuribdi.

***

O‘zbekistonning nomoddiy boyligi deya YuNESKO ro‘yxatiga kirtilgan askiya janriga ham Ahmadboy payrovi kirib kelgani kuzatildi.

-Bittasi Ahmadboyga bergan ekan. Keyin tug‘ibti.

Bu gapdan keyin so‘rini to‘ldirib o‘tirgan erkaklar silkinib-silkinib kuladi.

***

"Ahmadboy mavzusi kuladigan emas, balki yig‘laydigan mavzu," deydi hozir Kanadada istiqomat qilayotgan jurnalist Ulug‘bek Haydarov.

Haydarovning aytishicha¸ boshi berk ko‘chaga kirib qolgan bu xalq ertaklar to‘qib, o‘ziga xaloskor qidirish bilan ovvora:

"Ahmadboy ertagidan oldin¸ O‘zbekistonda Gulnora ertagi bor edi. Gulnora falonchini kontraktini to‘lab beribdi¸ Gulnora bir bedavo kasalni Hindistonda davolatib oyoqqa turg‘izibdi¸ Gulnoraning benzokolonkasida toza benzin bo‘lar ekan va hokazo. Biz bu ertaking oxiri voy bo‘lganini ko‘rdik. Ahmadboy ertagi ham yaxshilikka etaklamaydi," deydi Haydarov.

Чодирҳаëл дастури
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:18:09 0:00
Бевосита линк

Boy otalarga ishongan qavm

Yaqin tarixga nazar solsak, “saxiy boylar” haqida o‘nlab qo‘shig‘u she’rlar borligini ko‘ramiz.

1913 yilda Toshkentning old boylaridan biri bo‘lgan Saidahmadboyga atab ham qo‘shiq to‘qilgan edi.

Saidahmad toming baland¸

Tomingdan noming baland.

Keyingi 20-30 yil mobaynida esa yangi boylar Salimu-G‘ofir akalarning “o‘rnak hayoti” tillarda doston bo‘ldi.

Ularning obrazi o‘zbek kino asarlariga ko‘chdi.

Bir necha yil oldin suratga olingan turkum filmlarda "Shavkatboy" degan boy obrazi mavjud.

Kinodagi Shavkatboy obraziga chinozlik Ahmadboy prototip bo‘lgani aytiladi.

Bu kinolardagi puli astronomik tarzda ko‘p bo‘lgan "Boy" obrazi avomning ochko‘zlikka asoslangan ishtahasini karnay qiladi.

Ahmadboy haqidagi maqola ostiga qoldirilgan izohlarda ham "cho‘pchakka ishonish" xastaligini ko‘ramiz.

- Man ham bu inson to‘g‘risida ko‘p eshituvdim. U bilan har bir ishlagan odam boyivotganmush. Birni bersang, ikki qibervotti ekan. Chestno ishlar ekan, xar bir so‘ziga javob berar ekan. Lyuboy odam bilan ishlab ketaverar ekan. Oddiy xalk bo‘sayam. Keyin, o‘z vaqtida pul berar ekan...

Jurnalist Ulug‘bek Haydarovning aytishicha¸ bu izoh - "O‘zbekiston iqtisodiy tizimidan charchagan odamning haël mahsuli"

Ayni paytda Ahmadboy haqida to‘qilaëtgan qo‘shiqlar "Chiqmagan jondan umid" tarzida yangraydi:

YaXShI BO‘LSIN AHMADBOY

Ahmadboynig ahdi nima?

Uni bilar kattalar.

Bilmasalar jim turmasdi.

Ular emas lattalar.

Besh yil davom etgan bu ish,

Bo‘ldi qancha ovoza.

Nahot ular bilishmagan?

Ochiq bo‘lgan darvoza.

Bora-bora ishonch bo‘ldi~

Kattalarning jimligi.

Endi bugun kim aybdor?

Ko‘ring kimning kimligin.

Yaxshi bo‘lsin kattalar ham,

Yaxshi bo‘lsin Ahmadboy.

Niyatlarni yaxshi qiling,

Hozir juda ulug‘ oy.

Ahmad-shaxmat, otangga ming rahmat!

O‘zbek xalq ijodining Ahmadboy haqidagi asarlaridan biri sifatida Sergeli bozorida Ahmadboyga atab qo‘shiq aytayotgan olti yashar do‘mboq bolaning qo‘shig‘i tarmoqlarda urf bo‘ldi.

Qo‘shiqda odamlar bilan “shaxmat o‘ynayman” deya o‘zi ham mot bo‘lgan Ahmadboyning tragikomik portreti bor.

Чинозлик Аҳмадбой халқ оғзаки ижодида: "Аҳмад-шахмат, отангга минг раҳмат"
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:23 0:00

XS
SM
MD
LG