Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:18

Peterburgda yana bir o‘zbek muhojiri to‘pponchadan yaralandi


Peterburgning Kirovskiy tumanida 26 iyunga o‘tar kechasi o‘zbekistonlik mehnat muhojiri travmatik pistoletdan otib ketildi. Avtomobilda yarador holatda topilgan O‘zbekiston fuqarosi boshi va yelkasidan otilgan.

Sankt-Peterburgning Kirovskiy tumani Lenin prospekti 101- uyda yashovchi fuqarolar joriy yilning 26 iyuni tonggi soat 6-larda uy yaqinida o‘q ovozidan uyg‘onib ketadi.

Otishma haqida xabar olgan politsiya hodisa joyiga yetib keladi va guvohlar ko‘rsatgan yerda yarador holatda bo‘lgan erkakni aniqladi. Tekshiruv davomida “VAZ-2407” mashinasida boshidan va o‘ng yelkasidan yaralangan shaxs O‘zbekistondan kelgan mehnat muhojiri ekani aniqlandi.

Guvohlar politsiya xodimlariga slavyan millatiga mansub noma’lum kimsa o‘zbekistonlik bilan janjallashib qolgani va pistoletini olib, ikki marotaba unga o‘q uzganini gapirib berdi. O‘q otgan shaxs - baquvvat qora ko‘ylakdagi noma’lum kishi hodisa joyidan qochib qolgani aytildi.

Yaralangan o‘zbek migranti Peterburgning 26-sonli shahar shifoxonasiga “tez yordam” mashinasida olib ketildi. Politsiya o‘q travmatik pistoletdan o‘zilganini bildirib, qonunbuzar qidiruvga berilganini e’lon qildi. Shuningdek, hodisa sodir bo‘lgan joy atrofda mavjud birorta ham videokameraga tasvirga tushmagani ma’lum bo‘ldi.

Peterburgning 26-sonli shahar shifoxonasida Ozodlik so‘roviga O‘zbekiston fuqarosi shifoxonada davolanayotganini bildirishdi.

Politsiya jabrdiydaning shaxsiga oid ma’lumotlarni ochiqlagani yo‘q.

Ozodlik bundan oldin ham Rossiyaning turli mintaqalarida o‘qotar quroldan yaralangan va o‘ldirilgan o‘zbek muhojirlar haqida xabar bergan.

Shu yilning 18 fevralida Leningrad viloyati Gatchino tumanida mehnat muhojiri otib ketilgan edi. Nobud bo‘lgan shaxs 40 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Abdukarim Bo‘stonov ekani ma’lum bo‘lgandi.

2016 yilning 21 yanvar kuni kechki soat 10 larda Peterburgning Frunze tumanidagi Salova ko‘chasidan ko‘kragidan miltiq bilan otib ketilgan 27 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Janelidze klinikasiga olib kelingani xabar berilgan edi.

XS
SM
MD
LG