Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 10:24

Andijonlik Xursanoy buvi: Kanadadan Shavkatjonni oldiga uchib bormoqchiman...


2005 yilgi Andijon voqealaridan so‘ng Kanadadan boshpana topgan 78 yashar Xursanoy Jo‘raeva Ozodlikka bog‘lanib, O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoevdan 11 yil avvalgi voqealar payti qamalgan hamyurtlarini ozod qilishni so‘radi.

“O‘zbekistonda yaxshi poshsho bo‘lib qolibdi. Chegaralarni ochayotgan ekan, qo‘shni davlatlar bilan yaxshi aloqalarni qo‘yayotgan ekan. Shavkatjon endi begunoh qamalgan farzandlarimizni ham ozod qilsin, deyapmiz. Avvalgi poshsho qanchadan-qancha aybsiz odamlarni qamadi, hozir ham qamoqda yotibdi. Shularni ozod qilishini so‘rayman, kerak bo‘lsa Shavkatjonni oldiga Kanadadan uchib boraman”, - deydi Xursanoy buvi.

2005 yil 13 may kuni Andijondagi qirg‘indan omon qolib, bugun Kanadaning Atlantika okeani sohilidagi Xalefaks shahrida farzandlari, nevaralaridan uzoqda yakka o‘zi yashayotgan Xursanoy momo Ozodlik bilan suhbatda 11 yil oldingi voqealar haqidagi xotiralarini so‘zlab berdi.

“O‘sha paytda poshsho Andijonga keladi, deyishdi. Pensiyamni bergani yo‘q, men ham shuni poshshoyimizga aytayin, deb borsak, vertolyotda ustimizda aylanib ketib qoldi. Askarlar bizni o‘qqa tuta boshladi, Qirg‘izistonga qochdik. Yonlarimdan o‘qlar o‘tib ketdi. Uyimdan bitta ro‘molda chiqqanim bilan urushni ichida keldim.Qizim meni Andijonda o‘liklarni orasidan qidiribdi. Keyin Ruminiyaga kelganimizda unga bir amallab, telefon qilib, omon qolganimni aytganman.Hozir bitta o‘zim Xalifaksda to‘qqizinchi qavatda yashayman, derazamdan dengizga qarab o‘tiraman, o‘n, o‘n ikki qavatli kemalarni ham ko‘rib o‘tiraman”, - deydi Xursanoy Jo‘raeva.

Канадада яшовчи андижонлий қочқин 78 ёшли Ҳурсаной Жўраева билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:13:48 0:00
Бевосита линк

Andijondagi 11 yil avvalgi qonli voqealardan omon qolgan 400dan ziyod o‘zbekistonlik qochqin Yevropa davlatlari, Avstraliya, AQSh va Kanada kabi davlatlarda boshpana topgan.

Halqaro tashkilotlar Andijonda 2005 yil 13 may voqealari qurbonlari sonini 500 nafar atrofida desa, o‘zbek hukumati bu son 187 ekani va aksar insonlar terrorchilar o‘qidan nobud bo‘lganini aytgan.

Xyuman Rayts Votch inson huquqlari tashkiloti Andijonda yuz bergan xunrezlikni "qirg‘in" deya baholagan.

Toshkent hukumati esa, Andijondagi zo‘ravonliklarni Akrom Yo‘ldoshev tuzgan "Akromiylar" diniy-ekstremistik oqim a’zolari sodir etdi, deb keladi.

Andijon qirg‘inidan 11 yil o‘tib ham, O‘zbekiston qator tashkilotlar, jumladan BMTning Inson Huquqlari Kengashining tergov o‘tkazish tavsiyasini rad qilib kelayapti.

XS
SM
MD
LG