Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:51

Qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik qochqinlar uylarida tintuv o‘tkazilmoqda


Ozodlikka kelib tushayotgan bir-biridan mustaqil xabarlardan anglanishicha, shu kunlarda ekstremistik tashkilotlarga a’zolikda gumon qilinayotgan, siyosiy muxolifat a’zosi bo‘lgan va xorijdan uzoq vaqt qaytmagan ayrim qochqinlarning O‘zbekistondagi uylarida “qora niqoblilar” tintuvlar o‘tkazmoqda. Aksar hollarda militsiya, prokuratura va MXX xodimlari ular yaqinlariga qochqinlarni O‘zbekistonga qaytarish talabini qo‘ymoqda.

O‘zbekistonning turli mintaqalaridan Ozodlikka yetib kelayotgan bir-biridan mustaqil ma’lumotlarga ko‘ra¸ ayni kunlarda siyosiy faoliyati uchun mamlakatni tark etganlar va diniy sabablarga ko‘ra qidiruvga berilgan muhojiratdagi o‘zbekistonliklarning vatandagi uylarida tintuv o‘tkazilmoqda.

Ozodlikka Telegram tarmog‘i orqali ismi sir qolishi sharti bilan xabar yuborgan farg‘onalikning yozishicha¸ shu kunlarda Farg‘ona viloyatidagi “qora ro‘yxatdagilar” uylari maxsus safarbar qilingan shaxslar tomonidan tintuv qilinmoqda.

“Hozir Farg‘ona viloyati qishloqlaridagi xonadonlar QAShQADARYo viloyatidan keltirilgan guruhlar (ular orasida qishloq oqsoqollari ham bor) tomonidan fuqaro kiyimida obdon tintuv qilinayapti: "Kim yashaydi bu uyda? Miltiq bormi? Chet elda kimingiz bor? Namoz o‘qiysizmi? Qaysi masjidga borasiz?" kabi savollar berilayapti. Hatto og‘ilxona, molxonalar tekshirmoqda. Sandiqlarni ochib ko‘rishayati.. Bu nima degani? Qashqadaryoda ham shunaqa tintuv o‘tkazilyaptimi?”, deb yozdi farg‘onalik bu manba.

“Dadamni qamab qo‘yishgan”

O‘z uylarida ayni shunday tintuvlar bo‘laëtganini Ozodlik suhbatlashgan ayrim muhojirlar ham tasdiqladi.

Xususan¸ Turkiyada qochqinlikda yurgan toshkentlik Botirxo‘ja O‘zbekiston militsiyasi va MXXsi o‘zini “Suriyaga odam jo‘natganlikda” ayblab, qidiruvga berganini aytadi.

Rasmiylarning bu iddaolarini rad qilgan kuni-kecha Botirxo‘ja¸ Chinozda qolgan oila a’zolari xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan olib ketilganini qo‘shimcha qildi:

- Namoz o‘qirdim. Jumaga chiqqanman. Ketganimdan keyin “Suriyaga urushga ketdi, shunga da’vat bilan shug‘ullanayapti”, degan gap bo‘lgan. Men da’vat qilmaganman, mahalla bolalarini namozga chaqirganman, xolos. Oldingi yil noyabrlarda telefon qilishdi, qaytishimni so‘rashdi.Men uyga borishdan qo‘rqib, Turkiga keldim. Uch kun oldin uyimizga Milliy xavfsizlikdan kelishib, dadamni, onamni, ukamni olib ketishibdi. “Siz orqaga qayting, qaytmasangiz uydagilaringizga bosim o‘tkazamiz!”, deyishdi. Chinoz tumani Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i yordamchisi ekan. O‘zbekistonda “IShIDga odam jo‘natayapti”, degan ayb qo‘yilibdi menga. Onamni qo‘yvorishibdi, lekin dadam ichkarida ekan. Ukam “Aka qayting, bizni qo‘yishmayapti” deyapti, deydi Ozodlik bilan suhbatda Botirxo‘ja.

Ботирхўжа билан суҳбат
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:23 0:00
Бевосита линк

O‘zbekistonda boshlangan bosim tufayli Rossiyada o‘qiyotgan oliygohni tashlab, Turkiyaga ketganini ta’kidlagan Botirxo‘janing aytishicha, o‘zi bilan birga Rossiyada o‘qigan yana bir do‘sti O‘zbekistonda ayni jinoyatda ayblanmoqda va 5 oydan buyon hibsda saqlanmoqda.

“Mahallaga sharmanda bo‘ldik”

Rossiyada oilasi bilan qochqinlikda yurgan Havasbek Andijonda qolgan ota-onasining uyini qurollangan “qora niqobli”lar bosganini aytadi:

- Ertalab uyimizga 15t acha kamuflyaj kiygan odamlar bostirib kelibdi-da, biror sababsiz ota-onamning uyini tintuv qilibdi. U uydan men 2001 yilda chiqib ketganman. Ota-onamdan alohida 10 yil, Moskvada yana 5 yil yashadim. Ota-onamni borib bezovta qilishgan. Hech narsa topisha olmabdi, ukamni qimmat telefonini olib ketib, tekshirib qaytarishibdi. “Seni deb bizlarni tintuv qildi. Sharmanda bo‘ldik”, deganiga mahallada xijolat bo‘lishibdi. Uydagilar hech narsa aytmayapti, oxirgi payt aytishmayapti. “Hammasi zo‘r, hammasi yaxshi!”, deb o‘tirishaveradi. Boshqalardan eshitib qolayapman, deydi Ozodlik bilan suhbatda Havasbek.

U Andijon viloyatining Izboskan tumanida “qora ro‘yxat”da bo‘lgan hamma qochqinlar uylarida tintuv bo‘lgani, ular yaqinlariga tazyiqlar bo‘layotgani to‘g‘risida xabar topganini qo‘shimcha qildi.

Bu suhbatdosh iddaosicha¸ Andijon shahrining “Akromiylar” hududi sanalgan Bog‘ishamol mavzesida ham qochqinlar uylarida tintuvlar o‘tkazilgan.

Ҳавасбек билан суҳбат
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:20 0:00
Бевосита линк

Bundan oldinroq Ozodlik Andijon viloyatining Izboskan tumanidagi aholi uylarida tintuv o‘tkazgan “qora maskali”lar to‘rt kishini hibsga olgani to‘g‘risida xabar bergan edi.

Izboskan tumani huquq-tartibot tizimida ishlovchi Ozodlik manbasiga ko‘ra, hibsga olinganlar diniy-ekstremistik tashkilotlarga aloqadorlikda gumon qilinmoqda.

Bundan uch haftacha avval Norvegiyadan boshpana topgan adijonlik qochqinlardan biri, jurnalist Ulug‘bek Bakirov Facebookdagi sahifasida onasining uyiga ham qora maskalilar bostirib kirgani haqida yozgan edi:

Bugun, 9 oktabr, yakshanba kuni O‘zbekiston vaqti bilan ertalab soat 9-9.30 larda meni onam va singlim yashaydigan Andijondagi uyimizni Toshkentdan kelgan organ tekshiruvchilari va qurollangan maskalilar tintuv qilishgan. Bu haqda onam bilan telefon orqali gaplashganimda ma’lum bo‘ldi. Nima qidirishgan bilmaymiz. Hech narsa topisholmagan... Nafaqadagi onamning sog‘lig‘i keskin yomonlashgan...”, deb yozgan edi Ulug‘bek Bakirov.

“Tintuvdan keyin onamning sog‘ligi yomonlashdi”

Buxorolik Abdusami Rahmonov qariyb 7 yildan buyon qochqinlikda yashaydi.

Avval Rossiya, keyin Chexiyadan panoh topgan bu muhojir oxirgi bir hafta ichida Buxorodagi uyiga ikki marotaba tekshiruvchilar kelganini aytadi:

- 26 oktabr kuni peshingacha uyga kelishibdi. Qurollangan odamlar kirib, tintuv o‘tkazishibdi. 15tacha odam, MVDdan ekanini aytishibdi. “Abdusami Rahmonov qaerda? Uni topib beringlar”, deb ketishibdi. Bugun sahardan yana viloyat prokuraturasidan kelishibdi. Yana tintuvga. Yana qulflarni sindirib kirishibdi. Podval, tomlarni tekshirishgan. Qo‘shnilarni qo‘rqitishgan – bugungi safar avtomatsiz. “Abdusami kerak bizga”, deyishibdi. Men Chexiyada qochqinlik maqomini olganman, Karlov universitetida dars berayapman, Xalqaro Amnistiya tashkiloti a’zosiman. Ular “Abdusamini topib bermasangizlar chatoq bo‘ladi, ahvolingiz yomon bo‘ladi”, deb uydagilarni qo‘rqitishibdi. Qamoqda 6 yil o‘tirgan nogiron ukam Humoyunjonga yana 3 yilu 10 kun qo‘shib berishibdi. Eng qo‘rqinchli tomoni – bu tintuvlardan keyin onam tura olmaydigan bo‘lib qolibdilar, kasal bo‘lib yotib qolibdilar, deydi Abdusami Rahmonov.

Bu suhbatdosh tintuvga kelganlar ikkita Qur’on kitobi, madrasada o‘qigan ukasining o‘quv darsliklari va yozuvlari, Qur’on yozilgan audiokassetalarni hamda arab tilidagi barcha daftar-broshyuralarni musodara qilib ketishganini qo‘shimcha qildi.

Абдусами Раҳмонов билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:43 0:00
Бевосита линк

Vaziyatni kuzatib borayotgan Ozodlik hozircha bu tekshiruvlarning ko‘lami va sabab-mohiyati borasida tahririyatga kelgan xabarlardan boshqa ma’lumotga ega emas.

Joriy oyda Bosh vazir va muvaqqat prezident Shavkat Mirziyoev taklifi bilan Senat amnistiya to‘g‘risidagi qonunni qabul qilgan edi. Ammo mazkur amnistiya asosida diniy-siyosiy ayblovlar bilan qamalganlarning ozod etilish-etilmasligi yoki qidiruvda bo‘lganlarning avf etilish-etilmasligi borasida hozircha yo‘q.

XS
SM
MD
LG