Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 21:04

OAV: O‘zbekistonning yangi prezidenti Oqsaroyda ishlamaydi


O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning turmush o‘rtog‘i Tatyana Karimova va qizi Lola Karimova-Tillaeva Oqsaroyda.
O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning turmush o‘rtog‘i Tatyana Karimova va qizi Lola Karimova-Tillaeva Oqsaroyda.

Toshkent shahridagi Oqsaroy qarorgohida O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning xotira muzeyi barpo etiladi. Bu haqda TASS axborot agentligi O‘zbekiston hukumatidagi bir necha manbasiga tayanib xabar qildi.

Agentlik o‘z xabarida marhum prezidentning ikkinchi qizi Lola Karimova-Tillaeva o‘tgan oyda Facebookdagi sahifasida bu mavzuni ko‘targanini esladi.

"Otamning xotirasi va hayotda amal qilgan tamoyillarini abadiylashtirish maqsadida men onam bilan birgalikda Islom Karimov nomi bilan ataluvchi jamoatchilik xayriya Jamg‘armasiga asos soldik. Jamg‘arma o‘z oldiga O‘zbekistonning birinchi Prezidenti xotirasiga bag‘ishlangan muzeyni tashkil qilish va Vatanimiz mustaqilligining asoschisi to‘g‘risida maqola va asarlar nashr etishni maqsad qilib olgan", deb yozgan Lola Karimova-Tillaeva.

TASSning xabar qilishicha,uning manbalari rejalarni tasdiqlagan. Suhbatdoshlardan biri Oqsaroy ob’ekti maxfiyligi darajasi pasaytirilganini ma’lum qilgan.

"Yo‘llardagi postlar kamaytirilgan, xavfsizlik rejimi yumshatilmoqda", degan agentlik manbasi.

TASS xabarini ko‘chirib bosgan kun.uz sayti mavzuni davom ettirib, bunday yozdi:

Bundan tashqari, ayni vaqtda Sharof Rashidov shohko‘chasi va Beshyog‘och ko‘chasi orasidagi Afrosiyob ko‘chasining (Oqsaroy qarorgohi yaqinidagi ko‘cha - tahr.) har ikki qismi avtomobillar harakatlanishi uchun ochiq. Bu ko‘cha bir necha yil ilgari O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti xavfsizligini ta’minlash maqsadida yopib qo‘yilgandi.

Hozirda ko‘chada harakatlanish yo‘lga qo‘yilgan, ammo ko‘chada keyinroq ta’mirlash ishlari olib borilishi ham mumkin.

Bundan oldingi xabarlarda bu qaror Toshkentda Islom Karimov xotirasiga atab xiyobon, muzey va yodgorlik bunyod etilishi haqidagi xabar bilan bog‘liqligi aytilgandi.

XS
SM
MD
LG