Линклар

Шошилинч хабар
03 июл 2022, Тошкент вақти: 07:40

Rossiyaga kiritilmagan o‘zbekistonlik yosh bolasi bilan 6 oydan buyon Qozog‘istonda qolmoqda


Zulfiya Mamarajabova 6 yashar qizi Karina bilan (Surat Informburo.kz sayti tomonidan taqdim etildi)

Rossiyaga kirish taqiqlangan o‘zbekistonlik 42 yoshli ayol yarim yildan buyon 6 yashar qizchasi bilan Qozog‘istonda sarson bo‘lmoqda. Uralsk shahrida nochor ahvolda qolgan asli qarshilik Zulfiya Mamarajabova Ozodlik bilan suhbatda qo‘lida Rossiyaga kirishga ruxsat beruvchi sud qarori bo‘lishiga qaramasdan, migratsiya “qora ro‘yxatidan” o‘chirilmayotganidan arz qildi. Uni o‘z himoyasiga olgan qozog‘istonlik huquq himoyachilari bu ayolning Qozog‘istondagi migratsiya qaydi ham tugayotganini xabar qilmoqda.

42 yoshli asli qashqadaryolik Zulfiya Mamarajabova o‘tgan yilning 16 avgustida kirdi-chiqdi muhrini pasportiga urdirish uchun Samara viloyatidan Qozog‘istonga boradi.

Qaytib kirayotganida Rossiya chegarasida unga mamlakat hududiga kirishga taqiq turganini bildirishadi va u 6 yashar qizi bilan Qozog‘iston chegarasida qolib ketadi.

Ozodlik bilan suhbatda Zulfiyaning aytishicha, FMS idorasi o‘tgan yil yozida uni patent to‘lovini bir kunga kechiktirgani bois migratsiya "qora ro‘yxatiga" kiritgan. Biroq Zulfiyaga ko‘ra, bu qaror 2016 yilning 9 avgustida Kinel-Cherkasskiy tuman sudi tomonidan bekor qilingan.

Qozog‘istonga chiqib, qayta Rossiyaga kiritilmagan Zulfiya Uralskda qolib, shu yerda ish izlashga majbur bo‘ldi.

U hozirda G‘arbiy-Qozog‘iston markazi bo‘lgan Uralьsk shahrida sarson bo‘lib yurganini so‘zladi:

- Hozir kunim zo‘rg‘a o‘tayapti. Yosh bolam bilan bir momonikida ijarada turibman. Bu yerda ham migratsiya qoidalari murakkalashib borayapti – momo “Ket, ket!”, deydi har kuni. Men kafeda uborshitsa bo‘lib ikki kun ishlayman, ikki kun dam olaman. Momo bilan turmasa, bolani bir o‘zini tashlab keta olmayman. Bolam maktabidan ham qolib ketayapti. Men bu yerga 2016 yil 16 avgustida kirib kelganman. Men migratsiya taqig‘ini oldinroq bekor qildirganman, ammo ichkariga kirishga ruxsat berishmayapti, dedi Zulfiya.

Zulfiya Mamarajabova 4 yil oldin Qarshi shahridagi mol-mulkini sotib, Rossiyaning Samara viloyatiga ko‘chib o‘tganini gapirib berdi. O‘zbekistonda bolalar uyida tarbiyalangan Zulfiya Samaraning Kinel-Cherkasskiy tumanidagi kishloqlardan biriga joylashib, bu yerdan kvartira sotib olgan va Rossiya “vatandoshlik dasturi”ga kiritilgan.

- O‘zbekistonga borsam meni uyim, hech kimim yo‘q. Qo‘rqib o‘tiribman jo‘natib yuborishlaridan. Samarada esa uyim bor, uni kvartplatalari oshib ketdi – to‘lash kerak. Qulflangan uyning kotyollari sovuqda yorilib ketgan bo‘lsa kerak. Bir necha marotaba chegaraga bolam bilan borib, qaytib kelayapman – u ham pul turadi. Qonunni biror marotaba buzgan ayol emasman! Hozir bir bolam u yog‘da, bittasi – bu yog‘da... Kunim qanday o‘tayotganini o‘zim bilaman – Xudo biladi! Bolani bir o‘zini tashlab ham keta olmayman, dedi yanvar oxirlarida Qozog‘istondagi migratsiya qaydi yakuniga etishini bildirgan Zulfiya Mamarajabova.

Зулфия Мамаражабова билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:20 0:00
Бевосита линк

Qozog‘iston telekanallari va mahalliy jurnalistlar e’tiborini o‘ziga qaratgan bu o‘zbek ayoli taqdiri borasida qator maqola va reportajlar chiqarildi.

Bundan keyin Zulfiya Mamarajabova himoyasiga Qozog‘istondagi Inson huquqlari va qonunchilik himoyasi xalqaro byurosi xodimlari otlandi. Byuroning G‘arbiy Qozog‘istondagi filiali rahbari Pavel Kochetkov Ozodlikka Zulfiya bilan bog‘liq vaziyatni oydinlashtirishga urindi.

- Mamarajabovaga hozir 2019 yilga kirish taqiqlangan. Samara viloyatining Kinel-Cherkasskiy tuman sudi qarori bilan migratsiya politsiya hatti-harakatlari noqonuniy deb topilgan. Ammo qonuniy kuchga kirgan qaror amal qilmayotir, bajarilmayotir! Uralskda u bir oyda krizis markazida yashadi. Endi biz unga o‘zimiz hisobimizdan bir xonali kvartira ijaraga olib berishga harakat qilayapmiz. Aksiga olib, Qozog‘istonda “terrorchilik”ka qarshi kurash bahonasida migratsiya qonunlari kuchaytirilmoqda. Hozircha Qozog‘istonda unda muammo bo‘lmaydi, degan umiddamiz.

Uning Rossiyaga kiritilmayotgani va sud qarori bajarilmayotgani masalasida esa men Rossiya Bosh prokuraturasiga shikoyat bilan chiqdim. U erdan xat Moskva prokuroriga yuborilibdi, moskvaliklar esa shikoyatni yana Ichki ishlar boshqarmasiga jo‘natib yuboribdi. Bilishimizcha, unga kirishga taqiq Moskva shahridan chiqarilgan ekan, dedi himoyachi Pavel Kochetkov.

Qozog‘istonlik huquq faoli Zulfiya Mamarajabova ishi yuzasidan Rossiyaning qator boshqa idoralariga ham xat yuborilgani va yanvar oxirigacha javob kelishi kutilayotganini ma’lum qildi.

Ozodlik Zulfiya Mamarajabova va uning 6 yashar qizi Karina bilan bog‘liq vaziyatni kuzatib boradi.

XS
SM
MD
LG