Линклар

Шошилинч хабар
20 декабр 2025, Тошкент вақти: 02:09

O‘zbekistonda dollarning ham rasmiy¸ ham norasmiy kursi muttasil oshmoqda


Keyingi uch hafta ichida AQSh dollarining Markaziy bank tomonidan belgilanadigan kursi haftasiga qariyb 50 so‘mdan qimmatladi va seshanba kuni 3404.35 so‘m qilib belgilandi. Dollarning rasmiy kursga parallel oshayotgan qora bozor narxi esa¸ 2 mart kuni 7150 so‘mga chiqdi va ayni davr ichida 250 so‘mdan ko‘proqqa qimmatladi. Buni bosqichma-bosqich devalvatsiya jarayoni deb baholagan ayrim mutaxassislar Ozodlik bilan suhbatda uning xatarli oqibatlaridan ogohlantirdilar.

So‘nggi haftalar dinamikasi

Markaziy bank rasmiy saytida keltirilgan o‘zbek so‘mining AQSh dollariga nisbatan rasmiy kursi dinamikasidan¸ har seshanba kuni belgilanadigan haftalik kursning 14 fevraldan boshlab qariyb 50 so‘mdan oshirila boshlagani kuzatiladi. Rasmiy kurs oshishi 14 fevralga qadar haftasiga 14 so‘mni tashkil qilgan.

Bank arxividagi ilovadan¸ 2016 yilning birinchi kunlarida bir AQSh dollari narxining 2816.48 so‘mdan boshlanib¸ yil oxiriga kelib¸ 3231.48 so‘mga ko‘tarilgani ko‘riladi.

2016 yil davomida dollar rasmiy narxi 415 so‘mga qimmatlagan bo‘lsa¸ 2017 yilning birinchi ikki oyida dollar yanvarning ilk kunlariga nisbatan qariyb 165 so‘mga oshgan.

Ayni paytda¸ O‘zbekiston qora bozoridagi narx dinamikasini muntazam kuzatib borayotgan dollaruz.com saytiga ko‘ra¸ 2 mart kuni bir AQSh dollarining sotish narxi 7150 so‘mga chiqqan.

2016 yilning so‘nggi kunida 6800 so‘mga sotilgan dollar real kursi 2017 yilning ikki oyi ichida 350 so‘mga oshgan; keyingi ikki haftadagi qimmatlash esa 250 so‘mga yetgan.

Rasmiy kursdagi qimmatlashning uch baravarga oshish sababi nima?

Ozodlikning bu savoliga javob bergan o‘zbekistonlik iqtisodchilar qimmatlashni hukumatning o‘zbek so‘mini devalvatsiya qilish¸ ya’ni so‘mning xorij valyutalariga nisbatan kursini pasaytirish urinishi deb baholadi.

Bu jarayon sabablariga to‘xtalgan Toshkentdagi yirik banklardan biri mutaxassisi¸ prezident Shavkat Mirziyoev 7 fevral kuni imzolagan “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonini tilga oldi.

“Bu strategiyaning “Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari” deb nomlangan 3-bandining 117¸118 va 119-moddalari valyuta siyosatiga bag‘ishlangan. Xususan¸ 119-moddada “valyutani tartibga solishning ilg‘or bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish” uchun o‘nta tashkilotga uch oy vaqt berilgan. Ya’ni 2017 yilning 1-choragi ichida nimadir aniq qaror olinishi kerak. Hozircha na Markaziy bank¸ na Moliya vazirligi va boshqa mas’ul tizimlar valyuta siyosatini liberallashtirish haqida berilgan topshiriqni qanday bajarayotgani haqida lom-mim demayapti. Lekin keyingi uch haftada dollar rasmiy kursining 50 so‘mdan osha boshlagani¸ hukumat bosqichma-bosqich devalvatsiyaga qaror qilgani ifodasi bo‘lishi mumkin”¸ dedi Toshkentdagi bank xodimlaridan biri.

“Valyutani tartibga solishning ilg‘or bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish”ga vakolatlantirilgan tizimlardan biri mulozimi ham Ozodlikka rasmiy kursdagi qimmatlashni devalvatsiya deb atadi.

“Qozog‘iston va Rossiyadagi kabi bir kechada keskin devalvatsiya qilishga qurbimiz ham¸ professional tajribamiz ham yetmaydi. Shuning uchun bosqichma-bosqich oshirishadi. Bora-bora rasmiy va norasmiy kurs o‘rtasidagi tavofut qisqarib¸ balki bir nuqtada bir xillashishi mumkin. Bu yaqinlashish¸ balki 5000 so‘mlar atrofida bo‘lar”¸ dedi valyutani tartibga solish jarayoniga aloqador tizim rasmiysi.

Qora bozordagi dollar nega yana keskin qimmatlashga o‘tdi?

Ozodlik suhbatlashgan O‘zbekiston moliya tizimlaridan biri mutaxassisi buning sabablari ko‘pligini ayta turib¸ asosiylaridan biri sifatida o‘tgan oyda pensiya va oyliklarni to‘lig‘icha naqd pulda to‘lash haqidagi Mirziyoev qarorini tilga oldi.

“Bu mamlakatdagi moliyaviy ahvolning murakkabligini oxirigacha tushunmasdan¸ shoshma-shosharlik bilan qabul qilingan qaror bo‘ldi. Odamlar qo‘lida naqd pul ko‘paysa¸ u Toshkent bozoriga oqib kelishi¸ bu pul esa¸ darhol dollar qora bozoriga tushib¸ kursni qimmatlatishi aniq narsa edi. Hozir shu narsa bo‘layapti”¸ dedi moliya tizimi rasmiysi.

Bu rasmiy¸ Karimov davrida oylik¸pensiya va aksar to‘lovlarni deyarli 100 foiz plastik karta orqali to‘lash mexanizmining qattiq ushlab kelingani ortidagi asosiy sabab inflyatsiyaning keskin oshishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘lganini ta’kidladi.

“Endi bir tomondan naqdda to‘la dedi va bu oy ichida aylanmadagi naqd keskin ko‘paydi. Boshqa tomondan¸ bugun-erta yangi 10 ming so‘mlik muomalaga chiqadi va bu ham naqdni ko‘paytiradi. 1 apreldan oylik-maoshlar oshadi. Aylanmadagi naqd massasi ko‘paygani sayin¸ inflyatsiya kuchayib¸ odamlar olayotgan oylik va pensiyalarning real xarid qurbi pasayib boradi¸ dollar esa oshaveradi. Bu ketishda¸ yaqin oylarda bir dollarning 10 ming so‘mga chiqishidan ham hayratga tushmasa bo‘ladi”¸ dedi Ozodlik suhbatlashgan bu mulozim.

“Makroiqtisodiy bo‘ron”

O‘zbekiston iqtisodiyot vazirligining sobiq mulozimi Saodat Nishonova¸ muomaladagi naqd so‘mning ko‘payishi¸ ikkinchi tomondan Markaziy bankning so‘mni bosqichma-bosqich devalvatsiya qilish qarori mamlakat iqtisodini makroiqtisodiy bo‘hronga etaklashi mumkinligidan ogohlantiradi.

-Bu tarafdan naqd pulni ko‘paytirayapti¸ boshqa tarafdan so‘mni devalьvatsiya qilayapti¸ bu tannarx inflyatsiyasi¸ bu esa¸ makroiqtisodiy bo‘hron yo‘li deganidir. Naqdni ko‘paytirmasdan¸ aksincha uni ushlab tirib¸ so‘mni keskin devalvatsiya qilishkerak edi. Bu yoqdan pulni pechatlab¸ bu ëqdan bosqichma-bosqich devalvatsiya qilish davlatni og‘ir ahvolga solib qo‘yadi. Tannarx ko‘tarilishi boshlansa¸ oylik ko‘tarilaveradi¸ narx esa¸ oylikdan oldin oshib ketaveradi¸ so‘mning xarid qurbi yo‘qolib boraveradi. Bu zanjir reaksiyasini uzish juda-juda qiyin bo‘ladi keyin¸ deydi Saodat Nishonova.

XS
SM
MD
LG