Линклар

Шошилинч хабар
12 ноябр 2019, Тошкент вақти: 20:32

O‘qituvchiga jinsiy tegajog‘lik qilgan o‘quvchini tergagan o‘qituvchi ishdan bo‘shatildi


Tarmoqda tarqagan videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqagan video jamoatchilik va rasmiylar e’tiborini O‘zbekiston o‘rta maktablaridagi o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlaridagi muammolarga tortdi. Videoda maktabning ingliz tili o‘qituvchisi maktab hovlisida o‘z o‘quvchisini jiyaniga haqoratlatib, do‘pposlashiga go‘ëki sharoit yaratib bergani aks etgan.

Ozodlik bu video ortidagi tafsilotlarni o‘rgandi. Ma’lum bo‘lishicha¸ o‘z hamkasbini o‘quvchilarning jinsiy tajovuzidan qutqarmoqchi bo‘lgan muallima "aybdor" qilingan.

Ўқитувчига жинсий тегажоғлик қилган ўқувчини тергаган ўқитувчи ишдан бўшатилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:28 0:00

Voqeaning videoga tushmay qolgan qismi

15 mart kuni Toshkentdagi 315- o‘rta maktabning yangi kelgan ingliz tili o‘qituvchisi Sevara Chinalieva katta tanaffus paytida 9- sinf o‘quvchisi tarafidan jinsiy tegajoqlikka uchragan. O‘spirinlardan biri muallimaning qo‘lini qayirib, badanini g‘ijimlagan. Chinalieva esa, o‘z hamkasbi 60 yashar ingliz o‘qituvchisi Gulbo‘ston Nizomiddinovani yordamga chaqirgan. Zo‘ravon o‘quvchilardan biri Gulbo‘ston Nizomiddinovani qo‘liga shikast yetkazgan. Ana shundan keyin Nizomiddinova o‘z singlisini yordamga chaqirgan. Jahl otiga mingan singil esa, o‘z opasini himoya qilish uchun zo‘ravon o‘quvchini tergagan. Voqeaning ayni shu joyi videoga olinib, ijtimoiy tarmoqqa "Zo‘ravon o‘qituvchining samosudi", deya tarqatildi.

Maktabdagi “samosud” voqeasi ortidan ingliz tili o‘qituvchisiga ishdan bo‘shash arizasi yozdirildi

27 mart kuni Toshkent shahar xalq ta’limi boshqarmasida Olmazor tumanidagi 315-umumta’lim maktabida 15 mart kuni ro‘y bergan “samosud” voqeasi muhokama qilindi.

Toshkent shahar xalq ta’limi boshqarmasida ishlaydigan nozirning Ozodlikkka aytishicha¸ voqea ishtirokchisi bo‘lgan 315- maktabning ingliz tili muallimasi, 60 yashar Gulbo‘ston Nizomiddinovaga o‘z arizasi bilan ishdan ketish tavsiya qilingan.

- Bu o‘qituvchi kasallik varaqasi bo‘yicha ishga chiqmayapti. Bizning tavsiyamizga ko‘ra¸ o‘z ihtiyoriga ko‘ra¸ ishdan ketish arizasini yozdi. Maktab direktori Barno Shoqurbonova va maktabning ma’naviy-tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Nuriddin Parpievlarga maktab muhitini sog‘lomlashtirish borasida ko‘rsatma berildi¸ dedi mulozim.

Uning yana aytishicha¸ maktabning yaqinda ishga kelgan ingliz tili o‘qituvchisi Sevara Chinalievaga tegajoqlik qilgan va shu kunlarda tarqalgan videoga qahramon bo‘lgan o‘quvchi bilan ham tarbiyaviy ishlar o‘tkazilmoqda.

O‘zbekistondagi rasmiy nashrlar to‘qqizinchi sinfda o‘qiydigan bu bolaning ismini Abdurahmon Mahmudov, deya keltirishdi.

Olmazor tuman ichki ishlar bo‘limi vakilining Ozodlikka aytishicha¸ bo‘limning voyaga etmaganlar nazorati bilan shug‘ullanadigan xodimlari 315- maktab o‘quvchilari orasida tushuntirish ishlari ham o‘tkazishgan. Ichki ishlar bo‘limi xodimiga ko‘ra¸ videodagi janjalda aks etgan 9- “B” sinf o‘quvchisi Tuman IIB sining tarbiyasi og‘ir o‘quvchilar ro‘yxatida turgan.

“Yomon o‘qituvchi va beozor o‘quvchi”

O‘zbekiston mahalliy matbuoti “toshkentlik o‘qituvchining o‘z o‘quvchisini jiyaniga do‘pposlatgani” haqidagi habarlarni e’lon qilishdi.

Xabarlar “yomon o‘qituvchi va beozor o‘quvchi” degan sxema asosida yozilgan.

Ozodlik mazkur voqea ishtirokchilari va voqea yuzasidan surishtiruv o‘tkazayotgan huquq-tartibot organlarida ishlovchi xodimlar yordamida masalaga oydinlik kiritishga urindi.

Ozodlik tasarrufidagi videotasvirda darg‘azab o‘qituvchi va uyat gaplar bilan o‘quvchini so‘kayotgan ayol (o‘qituvchining singlisi) tasvirini ko‘ramiz. Tasvirning unchalik aniq olinmagan keyingi qismida esa o‘quvchininng go‘yoki darg‘azab singil tarafidan kaltaklangani aks etgan.

"Jabrlanuvchi" tomon versiyasi

Ozodlik suhbatlashgan o‘quvchining yaqinlariga ko‘ra¸ 9 “B” sinf o‘quvchisi Abdurahmon Mahmudov maktabga yaqinda ishga kelgan yosh muallima Sevara Chinalieva bilan "tortishib qolgan". Yana iddao qilinishicha¸ Chinalieva shu maktabda 40 yildan beri ishlaydigan hamkasbi Gulbo‘ston Nizomiddinovaga shikoyat qilgan. O‘z navbatida Nizomiddinova o‘z singlisini chaqirib maktab hovlisida Abdurahmon Mahmudovni do‘pposlattirgan.

"Jabrlovchi" tomon versiyasi

O‘qituvchi Nizomiddinovaning yaqinlariga ko‘ra¸ 15 mart kungi voqea sal boshqacha bo‘lgan.

Ismi sir qolishini istagan voqea guvohining gapi:

- Mahalliy boyvachchalardan birining o‘g‘li Abdurahmon Mahmudov "adamni puli ko‘p". deb o‘qituvchilarni, ayniqsa, kelib chiqishi viloyatdan bo‘lganlarni muntazam haqoratlab keladi. O‘sha kuni u va boshqa yana bir nechta o‘quvchi yangi kelgan ingliz tili muallimasini o‘rab olib tegajog‘lik qilishgan. Uni o‘rab olib, jismonan yaqinlashib qo‘lini qayirishgan. O‘qituvchi yig‘lab o‘zining yoshi katta hamkasbi Nizomiddinovaga shikoyat qilgan. Nizomiddinova bu bolalarni tartibga chaqirish uchun borganida 9- “B” sinf o‘quvchisi Abdurahmon Mahmudov unga tashlanib qo‘lini qayirgan. Oqibatda Nizomiddinovaning qo‘li lat yegan. Vrachlar suyagi darz ketgan, deb yozib berishdi. Ana shundan keyin qon bosimi oshgan Nizomiddinova o‘z singlisini meni olib ketgin, deb maktabga chaqirgan. Singlisi esa, jahlga minib, Abdurahmon Mahmudovni haqoratlagan.

Militsiyadan olingan ma’lumot

15 mart kuni Toshkent shahar, Olmazor tumanidagi 315-umumta’lim maktabida huquqbuzarlik holati qayd etildi. Olmazor tumani IIB ning tarbiyasi og‘ir bolalar ro‘yxatida turadigan Mahmudov Abdurahmonning ota-onasining shikoyati asosida bayonnoma tuzildi. Bayonnomaga o‘qituvchi Gulbo‘ston Nizomiddinovaning qo‘l suyagi ichkaridan darz ketgani haqida vrach spravkasi va guvohlar ko‘rsatmalari tirkalgan. Bolaning voyaga yetmaganligi uchun voqea yuzasidan maktabda tarbiyaviy-profilaktika ishlari bilan cheklandi.

Maktab rahbariyati nuqtai nazari

Toshkent shahar xalq ta’limi boshqarmasi mulozimi va 315- maktab direktori Barno Shoqurbonovaga yaqin odamning aytishicha¸ 40 yil stajga ega o‘qituvchini ishdan ketishi yaxshi alomat emas:

- Abdurahmon Mahmudovning otasi-onasi kelib "shu o‘qituvchini bo‘shatasan", deb ultimatum qo‘ydi. Boy-badavlatmiz, qo‘limiz har yerga etadi, deb po‘pisa qilganidan keyin murosa sifatida ingliz tili o‘qituvchisidan o‘z arizasiga ko‘ra ishdan ketishini iltimos qilishdi. Maktabda Gulbo‘ston Nizomiddinovani tajribali pedagog sifatida qadrlashadi¸ yangi chiqqan boylarning bolalari tarafidan o‘qituvchilarni haqorat qilinishi kabi salbiy holatlarga e’tibor qaratilishini istaymiz¸ dedi Ozodlik suhbatdoshi.

Ўқитувчига жинсий тегажоғлик қилган ўқувчини тергаган ўқитувчи ишдан бўшатилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:41 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG