Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:12

Samarqandlik ayol: 2 yosh bolam bilan uyimdan quvishyapti, yordam bering!


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Samarqand shahridagi Vatanparvar mahallasi, 40-uyda yashovchi 2 bolali yolg‘iz ayol uni yashab turgan uydan quvib chiqarishayotganini iddao qilmoqda. OzodMikrofon rukniga murojaat qilgan va o‘zini 34 yashar Lola Mag‘ripova, deb tanishtirgan ayol sobiq harbiy turmush o‘rtog‘iga yashab turish uchun berilgan uyni 3 kunda bo‘shatib qo‘yish talab qilinayotganidan arz qildi.

Lola Mag‘ripovaga ko‘ra, shu kunda ham harbiy xizmatni davom ettirayotgan turmush o‘rtog‘i bilan 8 yil muqaddam ajrashgan, ammo eriga ajratilgan "Harbiylar shaharchasi"dagi bir xonali uyda yashab kelayotgan edi.

- Menga: "Sizning harbiy eringiz yo‘q, 3 kun ichida bo‘shating uyni", degan ogohlantiruv qog‘oziga qo‘l qo‘yishni so‘rashdi. Men qo‘l qo‘ymadim. Men bir joyda o‘qigan edim, bolalari voyaga yetguncha tegilmasin, degan gapni. Lekin men ikkita voyaga yetmagan bolam bilan qaerga boraman, desam, "Biz bilmaymiz, chiqib keting!" deyishyapti. Hokimiyatdagi "Xalq qabulxonasi"ga borsam, u yerdagi rahbariyam "bilmasam, bilmasam", deydi. Prezident qabulxonasiga qilsam, bir ayol telefonni olib: "Bilmasak, eringizni sudga bering!" deydi. Men nima qilay, boradigan joyim yo‘q, 2 bolam bilan yolg‘izman! - deya da’vo qildi Lola Mag‘ripova.

Bu ayol bilan suhbatni quyida tinglashingiz mumkin:

Самарқандлик аёл: 2 ёш болам билан кўчага қувишяпти, ёрдам беринг!
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:38 0:00
Бевосита линк

* * * * * * * * * * * * * * * * * * * * *

Muhim eslatma: OzodMikrofon rukniga bo‘lgan murojaatlar mazmuni uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas. Bu rukn mushtariylarga o‘z fikrini erkin ifoda qilishi uchun berilgan minbardir!

XS
SM
MD
LG