Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:32

Ozodlik mavzuni o‘rganishi jarayonida choyxona qishloq ahliga qoladigan bo‘ldi


Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi To‘qmang‘it qishlog‘ida yashaydigan bir guruh otaxonlarning Ozodlikka arz qilishicha, hashar yo‘li bilan qurilgan choyxonani shu qishloqda yashaydigan tadbirkor "tortib olib", o‘rniga meva-sabzavot saqlanadigan ombor qurmoqchi. Tadbirkor choyxonani Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan tenderda yutib olganini aytar ekan, o‘nga yaqin odamni ish bilan ta’minlash maqsadi borligini bildirdi. Tuman hokimi esa choyxona mahallaga qaytarib berilishini aytdi.

Koson tumanidagi To‘qmang‘it qishlog‘ida yashaydigan 74 yashar mahalla oqsoqoli Sayfulloh Ro‘zievning Ozodlikka aytishicha, o‘ttiz yil avval qurilgan bu choyxona hashar yo‘li bilan bunyod etilgan:

- Sovxoz direktori buni bizga choyxona deb beruvdi. Hashar yo‘li bilan qurilgan edi. 2015 yilda QFY raisi Otaqulov bizlar bexabar tashlandiq joy, 0 (nol) qiymatga ega deb, yuqoriga chiqarib yuborgan ekan. Lekin, bizning choyxonamiz obod joy. Bog‘i bor, daraxtlari ko‘p. Ikki marta hokimga bordik, kelib ko‘ring, bu 0 qiymatli emas, balki obod joy, dedik. Hokim kelmadi. "Nuroniy" jamg‘armasi vakili kelib ko‘rdi, bu yaxshi joy ekan, dedi. Lekin buni tenderda 0 qiymatga sotib olgan Ismoil Ergashev degan tadbirkor hamqishlog‘imiz choyxonani buzib tashlamoqchi, dedi otaxon.

Косон туманидаги чойхона
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:08:19 0:00
Бевосита линк

Uning aytishicha, viloyat hokimining “choyxonaga tegmanglar” deb aytgan gapiga ham hech kim quloq solmayapti:

- Viloyat hokimi Zafar Ro‘ziev kelganda ham chollar arz qilgan edi. Hokim tuman hokimiga bu choyxonaga tegmanglar deb tayinlab ketdi. Lekin bular viloyat hokimining gapini ham inobatga olmayapti, deydi Sayfulloh Ro‘ziev.

Otaxonning aytishicha, choyxona mahalla muammolari muhokama qilinadigan, chollarning dam olib, gurung qiladigan maskaniga aylanib qolgan:

- To‘y-ma’rakalarimizning istol-pistoli, kosa-tovog‘i, go‘rkovlarning lopatka-ketmonigacha hammasi shu erda. Bir muhim masala chiqsa shu erda majlis qilamiz, kattalar shu erga keladi. Qolaversa, to‘rtta gurung qilib, dunyo ishlaridan gaplashib o‘tiramiz. Endi esa, bir-birimizni bog‘lab qo‘ygan mana shu joyimizni ham tortib olishmoqchi, dedi oqsoqol.

Косон туманидаги чойхона
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:41 0:00
Бевосита линк

Bu choyxonani tenderda yutib olgan tadbirkor Ismoil Ergashev Ozodlik bilan suhbatda qishloq keksalari bilan bu masalada ixtilof borligini tan oldi:

“Bu choyxona sobiq ittifoq davrida avval dala shiyponi sifatida qurilgan. Keyin odamlar choyxona qilib olgan. O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan bu choyxona ham 0 qiymatda tenderga qo‘yilgan ekan. Men buni tasodifan gazetada o‘qib qoldim. Bu joyni obod qilish va yangi ish o‘rinlari yaratish maqsadida men ham tuman hokimligiga tenderga ariza berdim. 300 million so‘mdan ortiq investitsiya qilaman deganman. Bizda meva-sabzavot ko‘p, odamlar uni saqlash uchun Samarqanddagi omborlargacha olib borishadi. Men shu yerning o‘zida ana shunday ombor qurmoqchiman”, deydi Ismoil Ergashev.

Tadbirkorning tan olishicha, qishloq keksalarining noroziligidan u ham charchagan:

“Chollar agar choyxonani olsang, seni qarg‘aymiz, deyishyapti. Menga ham ortiqcha narsa kerak emas, bir kosa ovqatga qornim to‘yadi. Lekin agar men bundan voz kechsam, Davlat Mulk qo‘mitasi meni 15 foizlik jarimaga tortadi. Hozircha qo‘mita bilan murosa yo‘lini topolmayapmiz”, dedi tadbirkor Ismoil Ergashev.

Tadbirkor bilan suhbatdan bir kun o‘tib, Koson tumani hokimi Baxtiyor Rajabov bilan gaplashdik. U Ozodlik bilan suhbatda choyxona mahallaning o‘ziga qaytarib beriladi, dedi:

- Buni hamma hujjatlari bo‘ldi, mahallaga qaytarib berdik. Choyxonani tenderga yutib olgan yigit bizga ariza berib, qaytarib olinglar, dedi. Hamma hujjatlarini qilib viloyatga berdik. Endi u yigit 0 qiymatda 300 million so‘m investitsiya qo‘ygan edi, mulk qo‘mitasi uni 15 foiz jarimaga tortib turibdi. Hozir shu masala muhokama qilinyapti, agar shu jarimani bekor qilsa, bo‘ldi, masala yopiladi. Hozir choyxona ishlayapti, boshqa muammo yo‘q, dedi tuman hokimi Baxtiyor Rajabov.

XS
SM
MD
LG